Get Mystery Box with random crypto!

Musulmonlar zamona yomon boʻldi Halol yetmas halol qiymatli bo | Umr | Yo'limiz

Musulmonlar zamona yomon boʻldi
Halol yetmas halol qiymatli boʻldi
Oʻqilgan quronga quloq tutilmas
Shaytonlar semirdi quvvatli boʻldi

Harom bilan hamr tutdi dunyoni
Eexx fasod ishlar qilgan hurmatli boʻldi
Kimgaki tangridan habar berursan
Tutib boshinga urar hujjatli boʻldi

Shogird ustoziga harxasha qilar
Oʻgʻil ota bilan izzatli boʻldi
Faqirlar miskinlikdan tortdilar qoʻlin
Koʻngilni yiqqanlar haybatli boʻldi

Paygʻambar oʻrniga oʻtgan hoʻjalar
Bu halqning boshiga zahmatli boʻldi

Yunus Emro

Umr | Yo'limiz