Get Mystery Box with random crypto!

Mendan u asarni bu asarni soʻrab meni qistab shoshtirmanglar d | Ummu Zaynab Ummu-Azizaxon Ismoilova ijodi kanali

Mendan u asarni bu asarni soʻrab meni qistab shoshtirmanglar deb yozibsiz. Bekorlarni beshtasini aytibsiz. Kim sizni zoʻr zoʻr asarlar yozib chanqab yotgan mushtariylarni sehr jodu qilib olsin debdi.Tochniy oʻzingiz aybdorsiz. Oldi qochdi asar yozganingizda hech kim sizni bezovta qilmasdi,kitoblaringizni talashib janjal qilmasdi.Maaaaaaaazza qiliiiiiib yotgan boʻlardingiz xoʻppi. Bu kishimmi ota onasiga ham xayronsan. Pul berib yallo qilib yurishga qoʻymasdan, erinmay kitoblar oberib adabiyot gulshaniga yetaklab kirgizishibdi.Ular qaydan bilsin qizlari kaaaaatta boʻlib,qaliiiin qaliiin kitoblar yozib shuuuuuuncha odamni mihlab qoʻyishini.Bilishmagande. Ustozlari ham bilmagande, erta bir kun adabiyot boʻstonida yangilik qilishini,yangi asar oʻqiyman deb shogirdlarini bezovta qilishlarini. Kasalmi u, boshiga ish tushganmi,onami,pazandami,chevarmi bizga farqi yoʻq. Sud hukm chiqarsin. Aybdor jazoga tortilsin.Bir kunda 24 soat boʻlsa 25 soat kompyuter oldida oʻtirb yozsin.Qolgani bizga voshshem qiziqmas.Hukm qatiy, shikoyatga voshshem oʻrin yoʻq.