Get Mystery Box with random crypto!

EKLER 125 gr margarin 1stakan suv 1stakan un 3ta katta | Ummu Imran cake.

EKLER

125 gr margarin
1stakan suv
1stakan un
3ta kattaroq tuxum
1ch.q tuz
1,5 ch.q shakar
TAYYORLANISHI:
Margarin, suv, tuz va shakarni qozonchaga solib gazga qo'yamiz. Margarin erib biq etib qaynaganda 1 st unni solib aralashtirib gazdan olamiz. Xona haroratida massani sovutib, keyin tuxummi bittalab chaqib yaxshilab aralashtiramiz (tuxum katta bo'lsa 3 ta kichik bo'lsa 4ta solamiz). Quyuqroq cho'ziluvchan xamir bo'ladi. Xamirni lopatkada ko'targanda uzun ingichka lenta bo'lib tushishi kerak. Listga 0 yoki yulduzcha nasadkada quyib chiqamiz. Qizigan duxovkada 200°C ga qo'yamiz 20-25minutga. Keyin 180°Cga tushuramiz olovini yana 20 minutlarda pishib chiqadi. Albatta duxovkangizga orentir olasiz hammada har xil. Eklerlar pishish jarayonida umuman duxovka eshigini ochish kerak emas ichi pishmagan eklerlar cho'kib qoladi. Pishgan eklerlar chiroyli tilla rangga kirgan bo'ladi. Sovugach bir chetidan ozgina kesib hohishga qarab ichiga krem solamiz.

┄┄┅┅✿❀ ❀✿┅┅┄┄
https://t.me/ummu_imran_cake