Get Mystery Box with random crypto!

GO'JA TAYYORLASH Kerakli masalliqlar: 0.5 kg go'ja uchun | Ummu Imran cake.

GO'JA TAYYORLASH

Kerakli masalliqlar:
0.5 kg go'ja uchun maxsus bug'doy va jo'xori donlari
300 gr suzma (yoki 1 litr qatiq)
rayxon barglari
tuz, suv

TAYYORLANISHI:
Go'ja uchun maxsus bug'doy va jo'xori donlarini olib yaxshilab yuvib olamiz. Qozonga solib ustidan 2-3 litr suv quyib qaynatamiz. Qaynab chiqqach pas olovda 2-3 soat donlar ezilib pishgunicha pishiramiz. Donlariniz pishganda gazdan olib sovutamiz. Suzmaga suv va tuz qo'shib aralashtiramiz. Sovugan donli massamizga solib aralashtiramiz. Tuzuni ta'bimizga qarab to'g'irlaymiz. (Hohlaganlar suzma o'rnida qatiq qo'shishishingiz mumkin). Rayxon barglarini to'g'rab qo'shamiz. Qizlar go'jani o'zingiz hohishingizga qarab quyuqroq sutuqroq qilisshingiz mumkin. Muzlatgichga qo'yib sovutib olamiz. Yoqimli ishtaha!

KANALIMIZ LINKI:

https://t.me/joinchat/AAAAAEXUtoZ1BmkfRfjJwQ