Get Mystery Box with random crypto!

MEVALI, MAZALI, YUMSHOQ KEKS Kerakli masalliqlar: 3 ta tu | Ummu Imran cake.

MEVALI, MAZALI, YUMSHOQ KEKS

Kerakli masalliqlar:
3 ta tuxum
200 gr shakar
100 gr smetana
150 gr sariyog'
300 gr un
2 choy qoshiq razrixlitel
150 gr malina (yoki boshqa meva) 1 osh qoshiq kraxmal

Tayyorlanishi:
Sariyog' va shakarni mikser qilamiz.
Tuxumni bittalab chaqib mikserlashda davom etamiz. Smetanani ham solib aralashtiramiz. Un va razrixlitelni aralashtirib elab qo'shamiz va aralashtiramiz.
Malinani kraxmal bilan aralashtirib olamiz.
Yog'langan qolipga xamirni yarmini quyib malinani teramiz va qolgan xamirni quyib tekislaymiz.

160-170 gradusda 45 daqiqa atrofida pishirib olamiz. Malina bilan uyg'unlikdagi mazali keksimiz tayyor!

Kanalimizga yaqinlaringizni taklif qiling:

https://t.me/joinchat/AAAAAEXUtoZ1BmkfRfjJwQ