Get Mystery Box with random crypto!

#KAMCHILIK Bir onaxon o'g'lining talaba bo'lganini eshitib qu | 𝕌𝕄𝕄𝔸𝕋 ℚ𝕀ℤ𝕃𝔸ℝ𝕀

#KAMCHILIK

Bir onaxon o'g'lining talaba bo'lganini eshitib quvonchdan unga mashina olib berishga qaror qiladi va avtosalonga boradi. Onaxonning kiyinishiga qarab baho bergan menedjer qiz unga mashinaning o'rniga eshikkacha kuzatib qo'yishi va taksi chaqirib berishi mumkinligi aytadi. Jahli chiqqan onaxon salondagi eng qimmat mashina qaysiligini so'rab, uni sotib oladi. Chiqib ketayotib, o'sha menedjer qizga yaxshiyamki quldorlik zamonida emasmiz, bo'lmasa seni ham qo'shib sotib olardim debdi.

Odamlarga kiyinishiga qarab muomala qilishni bas qilaylik. Eng qimmat kiyimlarni kiysakda, qiyomatgacha tanamizni 2 metrli kafan o'rab turadi, eng hashamatli uylarda yashasakda 2 metrli tuproq abadiy makonimiz bo'ladi. Gap qanaqa kiyimu, qanaqa uyda emas, aslida kimmiz ... Insonmizmi ....

@ummatqizlari_pg • Bu Ummatning Qizlari Uchun