Get Mystery Box with random crypto!

Bu hafta uchun topshiriq Bu hafta uchun ustozimdan jiddiy va | Umidxon

Bu hafta uchun topshiriq

Bu hafta uchun ustozimdan jiddiy va men uchun qiyinroq topshiriq oldim

Sababi esa men ustozimni qaysidir ma'noda ishonchini yo'qotdim yoki ranjitdim deb o'ylayman
Chunki men o'tgan haftada hech nima qilolmadim

Men shunaqa deb o'ylayabman lekin boshqa sabablari ham bo'lishi mumkin lekin men o'ylab shu xulosaga keloldim

Endi esa men ustozimni menga bo'lgan ishonchini qaytarishga yoki ranjitgan bo'lsam yana ko'ngillarini ko'tarishga harakat qilaman
Bor kuchim va bor vaqtimni sarflab, hatto maktab choraklik imtihonlari ham bunga to'sqinlik qilolmaydi
Kechqurun postlar ham bo'ladi

Ular meni sinab ko'rmoqchilar bundan xafa emasman
Aksincha xursandman
Chunki ular menga dalda, motivatsiya va o'z vaqtlarini beryaptilar
Men ulardan qarzdorman

To'g'risini aytaman uyimdagilar meni « dasturchi bo'ladi » deb o'ylashmaydi
Ular o'ylashadiki « men dasturlashni oliygohga kirish uchun o'rganyapman »
Lekin bu xato. Dasturlash meni kasbim bo'ladi
Umrimni oxirigacha shu kasbni o'rganaman va o'zimni bag'ishlayman
Men kelajagimni IT olamida ekanligimda ko'rdim

IT bu meni kelajagim
Kelajak esa hazil narsa emas

Shu sababli men uchun hozir eng ko'proq motivatsiya berayotgan inson bu iTech academy direktori va meni ustozim bo'ladi

Ularni ranjitish bu meni xatoyim
Ularni xursand qilish esa meni ishim bo'ladi

Shunday ekan topshiriq shundan iboratki
1. HTTP modulidan foydalangan holatda CRUD qilish
2. Xuddi yuqoridagi ishni ExpressJS orqali amalga oshirish

Bunda menga NodeJS biladigan Back-End'chi do'stlarimiz suv va havodek zarur
Agar kim NodeJS bilsa va menga yordam bermoqchi bo'lsa izohda yozishsin
Ular bilan o'zim bog'lanaman

Men topshiriqni berilgan muddatdan oldinroq qilmoqchiman
Bu albatta ustozimni o'z bo'lsada ko'ngillarini ko'taradi deb o'ylayman

Siz ham hech qachon o'z ustozingizni ranjitmaslikka harakat qiling

Chunki ularsiz biz muvaffaqiyatga erisha olmas edik

#what_should_i_do
Telegram | Feedback Bot | YouTube | Instagram