Get Mystery Box with random crypto!

8-MART MUBORAK JONDAN AZIZ ONAJONLARIMIZ VA QIZLAR Ushbu p | Umidxon

8-MART MUBORAK JONDAN AZIZ ONAJONLARIMIZ VA QIZLAR

Ushbu post bugun tungi soat 12 da joylanishi kerak edi
Lekin ba'zibir sabalarga ko'ra kechqurunga qoldirildi

Postimni birinchi bo'lib onalarimizdan boshlasak

Onajonlarimizni bayram bilan tabriklayman

Onalaramiz biz uchun dunyodagi eng go'zal ayol bo'ladi, va har doim shunday bo'ladi
Ular biz uchun jonlarini berishga ham tayyor.
O'zlari yemay bizga yedirgan inson bu onamiz
Bizni eng qiyin holatimizda ham qo'llab turgan inson bu onamiz

Xullas ularni tariflashga tillarimiz doimo ojiz qoladi
Ular oyog'i ostida jannat mujassam

Onangizni meni nomimdan tabriklab qo'ying

Bundan tashqari oramizda oz bo'lsada qizlar bor
Ularni ham alohida tabriklayman bayramlari bilan
Ularni ham tushunish kerak ular ham kimnidir opasi yoki kimnidir singli

Ular ham o'z oilasini topgunicha bizga ancha yordam berishadi

Onamiz toliqqan paytlarda yoki kasal bo'lib qolganida ovqatimizni tayyorlab, o'zlariga yoqmasa ham kiyimlarimizni yuvib, bizni qo'llab-quvvatlab turgan opalarimiz

Yuqoridagi gaplarim opa-singillarimiz uchun

Kimnidur yaxshi ko'rgan qizi yoki o'zimniki haqida gap ketganda-aa, to'g'risi hech nima deyolmayman
Chunki shu paytgacha hech kim bilan gaplashmaganman ,yaxshi ko'rmaganman shu sababli biron nima deyishim qiyin

Karochi o'zilar tushundilar menimcha

Xullas hayotda ayollarni o'rni bor va sezilarli darajada
Ularsiz hayotni tasavvur qilib bo'lmaydi menimcha

Ular har doim yonimizda sog' salomat va kayfiyatlari chog' bo'lib yurishsin
Shunday yurishsinki biz ulardan motivatsiya olaylik

Har doimgiday ko'p yozganim bilan baribir hech kim oxirigacha o'qimaysizlar

Bayram barcha ayollarga muborak bo'lsin

Hurmat bilan @umidkhan_pulatkhanov