Get Mystery Box with random crypto!

Yuzaki qaraganda ha bitta viner o'ldi ketdida deb sovuqqon xul | Umidxon

Yuzaki qaraganda ha bitta viner o'ldi ketdida deb sovuqqon xulosa qilish mumkin. Lekin o'rtoqlar, biz ma'lum maktab asoschisi, butun bir fenomenni yo'qotdik.

Agar biror bir sotsiolog o'zbeklarning o'ylari, fikrlari, g'am-tashvishlari, ularning kayfiyati haqida o'rganmoqchi bo'lsa, Farhod Mannopov vine'lari tayyor material, tayyor shablon. Ishonmasangiz bir boshdan kuzatib chiqing.

Shu bilan birga Farhodni biz hech bir piar voqea markazida ko'rmasdik, o'zi e'tiqodli yigit bo'lsa ham dinni orqasidan hype'ga ergashganini ham eslolmaymiz, agar adashmasak biron marta give away ham qilmagan, hatto.

Ha, hayotimiz davom etadi. Lekin bu jamiyat shundoq h'am kamyob bo'lib borayotgan yaxshi ijodkorni, yaxshi o'g'ilni, yaxshi do'stni va bir yaxshi insonni yo'qotdi.

Yaqinlari va do'stlariga sabr tilaymiz...

@plossla