Get Mystery Box with random crypto!

Grant! Umumiy qiymati 3.3 mlrd. PDP University’da o‘qish ist | Umid Hudoyberdiev | Online

Grant! Umumiy qiymati 3.3 mlrd.

PDP University’da o‘qish istagida bo‘lgan iqtidorli lekin ehtiyojmand oila vakili bo‘lganlar uchun umumiy qiymati 3.3 mlrd so‘mlik grant ajratilmoqda. Ushbu grant ehtiyojmand oila farzandlariga birinchi yil uchun 50% dan 100% gacha toʻlov kontrakt summasini qoplab berishga ishlatiladi. Grant hech qanday qaytarish talablarisiz amalga oshiriladi.

Grantni ajratgan inson, kim ekanliklarini oshkor qilishimizni istamadilar. Ilm yo‘lida qilgan yordamlarini Yaratgan ajrini ko‘paytirib berishlarini so‘rab qolamiz. Zero, shu grant sababli ta’lim olib o‘z yo‘lini topgan talabalarning samimiy duolariga Allohim yetkazdirsin.

Shu kabi grantlar yoshlar hayotida "ijtimoiy lift" vazifasini bajarib, ularning hayotini yaxshilashga va ezgulikka xizmat qilishlariga undasa, biz maqsadimizga erishgan bo‘lamiz. Bu borada biz bilan birga hayrli ishga qo‘l urishni istaydigan har bir homiy va tashkilotlarni qadrlaymiz va hamkorlikka chaqiramiz!

Duo qilib turinglar. Biz hayrli ish ustidamiz

Tez kunda, batafsil
ma’lumotlarni shaxsiy blogim va PDP University’ning rasmiy sahifalarida bilib olasiz...

Blog: @OdilbekMirzayev