Get Mystery Box with random crypto!

​​ Umid kuchi Agar umidni qutiga solish va uni ulashish y | Umidjon Kenjayev

​​ Umid kuchi

Agar umidni qutiga solish va uni ulashish yo‘lini topa olganimda edi, dorixonalardagi har qanday antidepressantlardan ko‘ra kuchliroq bo‘lgan doriga ega bo‘lardim. Umid, bu ko‘pincha inson va qorong‘i tubsizlik o‘rtasidagi yagona narsa. Toki bemor, har qanday kishi yoki jabr ko‘rgan inson qalbida umid uchquni bor ekan, bunday inson har qanday yoki jamiki narsalarni yengib o‘ta oladi.

Biroq, agar ular o‘zlaridagi umidni so‘ndirishsa, siz uni qaytarishga yordam bera olgan taqdirdan mustasno holatda, o‘zlaridagi bor narsani yo‘qotadi. Shuni sizga ayta olishim mumkinki, umid tafakkurimizda emas, balki yuragimizda vujudga keladigan his-tuyg‘udir. Umidning hayratlanarli kuchi sizga ishora bermagunicha, uning borligini sezmaysiz. U sizni jamiki narsalarni yengib o‘tishingiz, matonat bilan davom etishingiz va yo‘lingizda duch kelgan har qanday va jamiki narsalarga bardoshingiz yetishiga qatʼiy ishonch beradi.

• Umid, bu vaziyat yaxshilanib borishiga bo‘lgan ishonchdir. U vaziyat o‘nglanib borishi haqidagi orzu emas, u qanchalik katta yoki kichik bo‘lmasin, uning yaxshilanishiga bo‘lgan haqqoniy ishonchdir. Bu 55 yoshda talafotda uyingiz, mashinangiz va har qanday dunyoviy narsalarni yo‘qotishingizga qaramay, hali ham sog‘ligingiz va oilangiz borligiga va barchasini qaytadan boshlay olishingizga bo‘lgan ishonchdir.

Bu bir kuni shifo topishiga ishonib saraton bilan kurashayotgan bemorning mustahkam irodasi. Bu ishidan ajralgan, qo‘llab-quvvatlab turuvchi oilasiga ega va toki u izlashda davom etar ekan, yangi ish qayerdadir mavjudligini biladigan ishsiz odam. Baʼzida umid shunchalar tund bo‘lib ko‘rinadiki, u go‘yoki mavjud emas, biroq yashab qolish uchun o‘ta ahamiyatlidir. Hayoti qil uchida turgan, bir qarashda imkonsizdek tuyulgan og’ir sinovlarni boshdan kechirib tirik qolgan har qanday kishi qiyinchiliklarni yengib o‘tishida yagona ilinj sifatida birgina umidga ishora qiladi. Aynan shu umid, hatto eng qorong‘u damlarda ham yashab qolganlarni zafarga eltadi.

@Umidjon_KenjayevBlog