Get Mystery Box with random crypto!

Ilon Mask juda ajoyib xarakter egasi ekan. 2 yilda bitadig | Umidjon Kenjayev

Ilon Mask juda ajoyib xarakter egasi ekan.

2 yilda bitadigan proektni matbuotda hammaga 1 yilda bitkizamiz deb vaʼda berib, xodimlariga 6 oyda bitirasanlar der ekan.

Korxonasidagi mayda detalgacha nazorat qilib, xatto polga axlat toʼkilib qolgan boʼlsa oʼzi supurib olarkan.

2009 yil krizis boʼlganda mashinalari, uylarini sotib, kompaniyasiga tikib, qaynotasining podvoliga koʼchib oʼtmoqchi boʼlgan ekan.

Proektlar muvaffaqiyatli tugagach, butun komandasi bilan ishxonadagi komyuterlarda Counter-Strike oʼynab, yotib qolishgan ekan.

Oʼzining bizneslari (SpaseX, Tesla, Solarcity) gʼoyalarini oʼzi oʼylab topmagan boʼlsa ham, injenerlar unga aqlga sigʼmas gʼoyalar bilan kelishganda yoʼq demay pul tikavergan ekan.

Boshqa biznesmenlardan uning asosiy farqi, oʼta talabchan va juda koʼp oʼqishi boʼlsa kerak.

@Umidjon_KenjayevBlog