Get Mystery Box with random crypto!

Vaqtni qayerdan olsam bo’ladi? Ingliz tili, arab tili, dastur | Umidjon Kenjayev

Vaqtni qayerdan olsam bo’ladi?

Ingliz tili, arab tili, dasturlash o’rganmoqchiman

Zo’r odamlar bilan tanishmoqchiman

Kitob o’qimoqchiman

Quron yodlashim kerak

Vaqtni qayerdan olsam bo’ladi?

Time-management sirlari bormi?

Bir kosa ovqat bilan 4ta och kishini to’ydirsa bo’ladimi?

Iloji yo’q. Kosa hajmi o’zgarmaydi. Ozgina ovqatga odam to’ymaydi.

Yoki bir kishi to’yadi, yoki 4ta chala to’ygan odam bo’ladi.

Vaqt o’zgarmas. Cho’zilmaydi, qo’shilmaydi. Yoki bitta ishni yaxshi qilasan, yoki 4ta ishni chala.

Biror narsani qilishni boshlash uchun boshqa narsani qilishni to’xtatish kerak.

Fokus — nima qilishni emas, nima qilmaslikni tanlash.

Keyingi safar maqsad qo’yganda

Ingliz tilini o’rganaman deb qo’yma.

Vaqt topa olmaysan baribir

Kuniga 2 soat instagram o’rniga 2 soat ingliz tili o’rganaman deb qo’y.

P.S. Manbaa: Aziz aka blogi. Shu akani yaqinda kuzatishni boshladim, fikrlari juda ajoyib ekan. Sizga ham ulashgim keldi. O'qib ko'rarsiz, balki foydasi tegar...

@Umidjon_KenjayevBlog