Get Mystery Box with random crypto!

ASSALOMU ALAYKUM Hurmatli yurtdoshlar, Iqtidorli yoshlarimizn | Umidjon Ishmukhamedov

ASSALOMU ALAYKUM

Hurmatli yurtdoshlar,
Iqtidorli yoshlarimizni qo'llab-quvvatlash maqsadida Yuksalish liderlar akademiyasi tashabbusi bilan "Yuksalish iqtidorlarni qidirmoqda" loyihasi boshlanganini e'lon qilamiz.

Har oy muntazam o'tkazib turiladigan ushbu musobaqalarda 20 yoshgacha bo'lgan yosh ixtirochilar qatnashishi mumkin.
Agar siz qilayotgan ixtiro jamiyat uchun foydali deb hisoblasangiz, 1-3 daqiqalik sifatli video tayyorlab @Yuksalish_iqtidor_admin ga jo'nating.

1 hafta davomida jo'natilgan videolar saralanib kanalga joylanadi va bot orqali ovoz berish yo'li bilan g'oliblar aniqlanadi:

1-o'rin uchun
Personal kompyuter va
Yuksalish liderlar akademiyasida o'qish uchun 3.000.000 so'mlik vaucher

2-o'rin uchun
Personal kompyuter va 2.000.000 lik vaucher

3-o'rin uchun
Personal kompyuter va 1.000.000 lik vaucher

Qolgan barcha ishtirokchilarga markazda o'qish uchun 500.000 so'mlik vaucher hadya sifatida taqdim etiladi.

E'lonni ixtirolar ustida ishlayotgan yaqinlaringizga ulashing.

@Yuksalish_iqtidor