Get Mystery Box with random crypto!

Kimdir sovgʻani yoqtirsa, kimdir gʻalaba orqali kelgan mukofot | Akhtamov blogi

Kimdir sovgʻani yoqtirsa, kimdir gʻalaba orqali kelgan mukofotni yoqtiradi

Hammamiz ham insonmiz. Biz xursand boʻlamiz, gʻazablanamiz, gʻamgin boʻlishimiz yoki uyalishimiz mumkin. Bu his-tuygʻularini mijozlar brendga nisbatan ham ishlatadilar.

Xoʻsh, biz "24 soat ichida storiesda qoʻyilgan ikki rasmdan istalgancha farq toping va topgan farqlaringiz sonicha kurslarimizga chegirma oling" deb odamlarda qanday hissiyotni uygʻotmoqchi boʻldik?

Umumiy qilib aytganda ushbu mini konkurs gʻalati imkoniyatdan – hayrat, vaqt kamligini eslatish orqali – shoshilinchlilik, cheklovlar kamligi, yaʼni barchada qatnashish imkoniyatini berish orqali – hurmat, vazifani bajarish osonligi orqali — gʻalaba hissiyotlarini uygʻotib, oʻzida birlashtira oldi.

Idea ancha oldin (muhit haqidagi rubrikamizda jamoamiz aʼzosi Doniyor tomonidan oddiy oʻyin sifatida) kelgandi, ammo yana bir jamoamiz aʼzosi Islomjon bilan men oʻtirib, breynshtorm qildik va unikal konkurs loyihasini ishlab chiqdik. Auditoriyani qiziqtirishni esa Zubayrni nutqiga ishonib topshirdik. Va tayyor. Natijada standart storislarga nisbatan qamrov darajasi 3 marta koʻp boʻlgan storislarga va 500 dan ortiq lidlarga ega boʻldik.

P.S. Shunaqa gaplar, mijoz hissiyoti bilan toʻgʻri ishlay olsangiz, uning fikrlashidagi ikkilanishini bemalol yenga olasiz.

P.S.2 Bunday konkurslarda halollikka alohida urgʻu qarating. Masalan Dizipro vaʼda qilgan barcha chegirmalar aytilganidek amalga oshiriladi.

@Akhtamov_blogi