Get Mystery Box with random crypto!

Keraksiz xarajatlardan voz kechishning 5 yoʻli Har doim pulni | Portfolio Umida Bakaeva

Keraksiz xarajatlardan voz kechishning 5 yoʻli

Har doim pulni tugatib qoʻyib, keyin qayerga sarflaganingizni bilmay qolsangiz, bu postni oxirigacha oʻqishni tavsiya qilaman.

1. Rejada boʻlmagan xaridlar qilmaslik. Shunday holatlar boʻladiki, Siz roʻyxatdagi kerakli narsalar bir tomonda qolib boshqa xaridlarni amalga oshirasiz. Buning uchun miyamizdan ajralib chiqadigan dofamin gormoni javobgar. Siz nimanidir koʻrganingizda uni olmoqchi boʻlasiz va bu gormon ishlab chiqarilib, Sizni sotib olishga undaydi.

2. Kutilmagan holatlar. Ba’zan qandaydir koʻngilsiz holatlar oʻzingizga va hamyoningizga ishonchingizni orttirishingizga yetaklab boradi. Shu holatda Siz “nahotki bunga arzimaymanmi?” deb nimadir xarid qilishga oshiqasiz.

3. Vaqtincha boʻlishi mumkin. Bunday pul sarflash odati vaqtincha ham boʻlishi mumkin. Faqatgina hayotda qaysi vaziyatda oʻzimizni qanday tutishni bilishimiz kerak.

4. Oʻzingizga savol bering. Hozir sotib oladigan mahsulotingiz Sizga juda zarurmi? Balki uning oʻrniga kerakli yoki yaqinda kerak boʻlib qolishi mumkin boʻlgan mahsulot yoki nimadir sotib olish kerakdir? Mulohaza qiling,
shoshilmang.

5. Hissiyotlar qopqoniga tushmang. Biz koʻpincha aqldan ham koʻra yurak bilan hisoblashamiz va koʻrib yoqtirgan narsalarimizga intilamiz. Ularni sotib olishga harakat qilamiz.

Koʻp pul ishlashdan koʻra, bor pulingizni toʻgʻri taqsimlashni hamda ularni toʻgʻri sarflashni oʻrganing. Hozir esa tabriklayman, Siz oʻzingizga kerakli postni oʻqib tugatdingiz. Endi esa bu postni do‘stlaringizga ulashish qoldi.

Obuna boʻling: @Ilxom_Begimkulov