Get Mystery Box with random crypto!

Harakatlaringizni toʻxtatuvchi 5 omil 1. Dangasalik. “Ertaga” | Portfolio Umida Bakaeva

Harakatlaringizni toʻxtatuvchi 5 omil

1. Dangasalik. “Ertaga” soʻzini sevuvchilar bu soʻzni unutib, harakatga koʻchirishni boshlamasangiz, xohishning oʻzi kamlik qiladi.

2. Omadsizlikdan qoʻrqish. “Baribir oʻxshamaydi” deb oʻylaydiganlar biron marta harakat qilib koʻrganmisiz yoki tanishingizning fikri Siz uchun yetarlimi? Harakat qilib oʻxshata olmaslik, oldinga bir qadam siljish uchun katta dars boʻla oladi.

3. Oʻzining va boshqalarning unga bildirgan ishonchini yoʻqotishdan qoʻrqish. “Odamlar nima deydi?” qabilida ish boshlaydiganlar yoki boshlashdan qoʻrqadiganlar tushuning, odamlar nimadir qila olganida ularning nimadir deyishga ham vaqti boʻlmaydi. Sizning ishingiz yoki hayotingizni muhokama qiladiganlarning esa oʻz ishi yoʻq.

4. Mukammallik sari intiluvchilar. Qaroringiz toʻgʻri albatta. Faqat shuni unutmangki, mukammallik ozgina qiyin masala. Xato qilish esa insonga xos. Asosiysi xatolaridan toʻgʻri xulosa chiqarish va tajriba olish hamda xatolarni takrorlamaslikka harakat qilish. Orqaga qaramang, oʻtmishni oʻz holicha qoʻying va juda ham koʻp ideallikka urinmang.

5. Oʻziga nisbatan rahm qilish. Oʻzingizni seving va hech qachon birovning hayoti bilan oʻzingiznikini taqqoslamang. Har bir insonning oʻz yoʻli, oʻz uyi, oʻz taqdiri bor. Oʻzingizni kamsitmang. Shu bilan birga hasad qilmang, hasad tirik hujayralarni oʻldiradi va juda koʻp kasalliklarni chaqiradi.

Keling, Alloh bizga bergan umr soniyalarini yaxshilikda goʻzal qilib yashaylik.

Obuna boʻling: @Ilxom_Begimkulov