Get Mystery Box with random crypto!

Oʻz yoʻlingiz boʻlsin Har doim ishga borish yoki qaysidir soh | Portfolio Umida Bakaeva

Oʻz yoʻlingiz boʻlsin

Har doim ishga borish yoki qaysidir sohada faoliyat yuritishni qoralamayman. Chunki har qanday faoliyat turi yoki xizmatni biznesga aylantirish mumkin. Muhimi, bu sizga zavq, boshqalarga foyda yoki quvonch ulashsin.

Har bir oʻtayotgan kuningiz majburan ishlash va faqat pul topish bilan oʻtmasligi kerak. Oʻzingiz yoqtirgan ishning ustasi boʻling. Shundagina qilayotgan ishingizdan havsalangiz pir boʻlmaydi hamda charchash nimaligini umuman bilmaysiz.

Endi qogʻoz va ruchkani oling-da, qaysi ishlarni yoqtirishingizni va ulardan qaysilarini biznesga aylantirish mumkinligini yozing. Postni yaqinlaringizga ulashing.

Obuna boʻling: @Ilxom_Begimkulov