Get Mystery Box with random crypto!

Yaponiya imperatori Aziz Abduhakimovni mukofotladi. Yaponiya i | UZ

Yaponiya imperatori Aziz Abduhakimovni mukofotladi.
Yaponiya imperatori O‘zbekiston hukumati a’zosi – Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovni oliy darajadagi ordeni bilan mukofotladi.

9 noyabr kuni Tokiodagi Imperator saroyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovga “Chiqayotgan Quyosh Katta Kordon Ordeni"ni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. An’anaga ko‘ra, ordenni Yaponiya imperatori Naruxito Bosh vazir Fumio Kisida ishtirokida topshirdi. Qayd etilishicha, Aziz Abduhakimovning “Chiqayotgan Quyosh Katta Kordon Ordeni" bilan taqdirlanishi Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ko‘p yillik hissasi e’tirof etilganini tasdiqlaydi. 

Bu orden 1875 yildan beri berib kelinayotgan bo‘lib, Yaponiyadagi eng qadimgi va “Chiqayotgan Quyosh Ordeni”ning eng yuqori darajasi (6-daraja) hisoblanadi.

@Aziz_Abduhakimov