Get Mystery Box with random crypto!

Umid IDUMI.

Telegram kanalining logotibi umid_school — Umid IDUMI. U
Telegram kanalining logotibi umid_school — Umid IDUMI.
Kanal manzili: @umid_school
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 6
Kanalning ta’rifi

us.

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-17 13:56:35
#Matbuot_anjumani
#Jonli_efir

IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA QABUL VA KIRISH IMTIHONLARI YAKUNLARI YUZASIDAN MATBUOT ANJUMANI

Prezident ta'lim muassasalari agentligi va Xalq ta'limi vazirligi mas'ullari ishtirok etayotgan MATBUOT ANJUMANIni YouTube kanalimiz orqali onlayn kuzatishingiz va savollaringizni yo‘llashingiz mumkin.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
1.5K views10:56
Ochish/sharhlash
2022-08-17 05:21:36
#Matbuot_anjumani
#Qabul_2022

Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Sizni Prezident ta'lim muassasalari agentligi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul va kirish imtihonlari yakuni yuzasidan matbuot anjumaniga taklif etamiz!

Matbuot anjumanida Siz o‘zingizni qiziqtirgan savollarga Agentlik hamda vazirlik mas'ullaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob olishingiz mumkin.

Vaqti: 17-avgust kuni soat 15:00 da
Manzil: Prezident ta’lim muassasalari agentligi binosi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
@umid_school
1.6K viewsedited  02:21
Ochish/sharhlash
2022-08-11 20:41:11
#BRIFING

Fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan Prezident taʼlim muassasalari agentligiga kelib tushayotgan savol va murojaatlarga javob.

Dilshod Kenjayev, Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari

Brifingda:

Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarning boshqalaridan farqi nimada?

Bu maktablarda qaysi fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladi?

Bu yil ixtisoslashtirilgan maktablarga qancha o‘quvchi qamrab olinadi?

Shu bilan birga o‘qituvchilarni saralash bosqichi haqidagi ko‘plab savollarga javob olishingiz mumkin.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
@umid_school
2.3K viewsedited  17:41
Ochish/sharhlash
2022-08-09 13:54:46
Jizzax viloyat XTB tasarrufidagi Umid nomli xorijiy tillarni o'qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-sinf o'quvchisi Ikromova Marjona Zafar qizi IELTS–ingliz tilini bilish darajasi imtihonida 7.5 ballni qo'lga kiritdi hamda AQSHGA FLEX (Future Leaders Exchange-Kelajak Lederlari Almashinuvi) dasturi doirasida 1 yillik 100% grant yutib oldi Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
@umid_school
2.2K views10:54
Ochish/sharhlash
2022-08-09 12:39:33
O‘zbekiston 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining chempioni bo‘ldi

Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida ishtirok etgan yoshlarimiz tarixiy g‘alabani qo'lga kiritishdi.

Ushbu g'alaba bilan barchani chin dildan tabriklaymiz!

Sizlar bilan faxrlanamiz!
1.8K views09:39
Ochish/sharhlash
2022-08-04 09:28:52
Diqqat eʼlon!

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon javoblari tez kunlarda eʼlon qilinadi.

Xabaringiz bor, Qoraqalpogʻistondagi imtihonlar sanasi oʻzgardi. Bu test sinovlari javoblari eʼlon qilinishi ortga surilishiga sabab boʻldi.

Baʼzi xususiy oʻquv markazlari telegram kanallarida natijalar eʼlon qilingani toʻgʻrisida yoʻlgʻon maʼlumotlar tarqatishmoqda. Eslatib oʻtamiz, qonunchilikda yoʻlgʻon xabar tarqatganlik uchun javobgarlik belgilab qoʻyilgan.
Rasmiy manbalar orqali berilayotgan xabarlarni kuzatib boring.
@umid_school
3.3K viewsedited  06:28
Ochish/sharhlash
2022-07-30 08:31:39
#Prezident_maktablari
#Imtihon_2022

Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar!

Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 2-avgust kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.

Test jarayonlari 2-avgust kuni soat 18:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.

Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.

Talabgorlar tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va yangilangan ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
@umid_school
3.5K viewsedited  05:31
Ochish/sharhlash
2022-07-28 03:20:26 ​​#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (qabul yakuni bo‘yicha)

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

Qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 214 232 nafarni tashkil etdi.

Shundan:

395 023 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
819 209 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

Kunduzgi ta’lim shakli — 612 530 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 565 902 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 27 417 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 8 383 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Qashqadaryo viloyati — 140 797 nafar.
Samarqand viloyati — 133 610 nafar.
Toshkent viloyati — 116 251 nafar.
Farg‘ona viloyati — 109 938 nafar.
Surxondaryo viloyati — 106 145 nafar.
Andijon viloyati — 79 235 nafar.
Namangan viloyati — 77 607 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 75 819 nafar.
Jizzax viloyati — 74 346 nafar.
Toshkent shahri — 68 545 nafar.
Buxoro viloyati — 67 663 nafar.
Xorazm viloyati — 64 351 nafar.
Navoiy viloyati — 54 512 nafar.
Sirdaryo viloyati — 45 413 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2.6K views00:20
Ochish/sharhlash
2022-07-24 16:56:10
Tugʻilgan kuningiz muborak boʻlsin, hurmatli Prezident!

Yurtimiz rivoji, xalqimiz farovonligi, xalqaro munosabatlarning samaradorligini oshirish yo‘lida hech ham charchamang.
Faoliyatingizga yanada muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yoshlarga tog‘dek suyanch bo‘layotganingiz uchun tashakkur.
Siz ishonch bildirayotgan yoshlar har bir boshlagan ishingizda yelkadosh bo‘lishga, ishonchingizni oqlashga tayyor!
@umid_school
2.6K viewsedited  13:56
Ochish/sharhlash
2022-07-23 07:33:54
AGENTLIK TIZIMIDA YANGI TASHKIL ETILGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARIDA ISHLASH UCHUN TANLOVDA ISHTIROK ETGAN PEDAGOGLAR DIQQATIGA!

https://job.piima.uz/candidate havolasi orqali kirib, telefon raqamingizni kiriting va tekshirish tugmasini bosish orqali Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga pedagoglar tanlovi natijalari haqida ma'lumot olishingiz mumkin.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
2.6K views04:33
Ochish/sharhlash