Get Mystery Box with random crypto!

Paradoks Maktabda Ma'naviyat fanidan dars beradigan o'qituvch | Umid

Paradoks

Maktabda Ma'naviyat fanidan dars beradigan o'qituvchilar (qolganlarini bilmadim, aynan menga dars berganlari)ning saviyasi o'ta sayoz edi.

Vatan tuyg'usi degan fandan dars beruvchi o'qituvchi qaysi fandan dars berayotganini his qilmas edi.

Negadir bunday narsalarga qo'l uchida qaralgandi. Bu fanlar umuman keraksiz edi. Chunki mana endi bu fanlarga bog'langan tushunchalar, masalan, Vatan o'z qiymatini yo'qotdi. Endi kimdir vatanparvarlik qilmoqchi bo'lsa, unga nafrat ko'zi bilan qaraladi va maddoh nomi osiladi. Aslida maddoh boshqa, Vatanni sevuvchi boshqa. Bu ikkisi hech qachon teng bo'la olmaydi.

Noto'g'ri qadamlar, vaziyatga to'g'ri baho bermaslik, yosh avlod taqdiriga qo'l uchida qarash oqibatida endi Vatan, musaffolik, ma'naviyat tushunchalari balandparvoz so'zga aylandi. Endi ular oldingidek qabul qilinmaydi va qadrlanmaydi, afsuski.

@Umid_Sanoiy