Get Mystery Box with random crypto!

Suyganimni olib ketdi shum yangalar. Suygan yorimning to‘yid | UMID MAMADALIEV SHERLARI

Suyganimni olib ketdi shum yangalar.

Suygan yorimning to‘yida yor yor taralar,
Qalbim ezib ketdi yurak poralar,
Nahot endi sevgimizga yo‘qmi choralar,
Suygan yorim olib ketdi ul shum yangalar.

Dunyolarcha sevganimni qaydan bilarlar,
Men shunchalik yonganimi qaydan bilarlar,
Jonim fido qilganimni kimlar bilarlar,
Suygan yorim olib ketdi ul shum yangalar.

Biz sevgining bog‘larida birga kezardik,
Goh urishib goh yarashib shodon yurardik,
Bu sevgining azoblarin qaydan bilardik,
Suygan yorim olib ketdi ul shum yangalar.


Sher muallifi: Umid Mamadaliyev