Get Mystery Box with random crypto!

Bir yil ham o'tibdi... ​​Hammani og'zida bir gap, 'Bahor, bah | Umar’s Blog

Bir yil ham o'tibdi...

​​Hammani og'zida bir gap, "Bahor, bahor keldi" deya xursandchiliklarini izhor qilishmoqda.  "Menichi, meni bahorim qani, nega u hayillayapti, nahot uni shu qadar kutayotganimni bilmasa. Balki u hanuz uzoq o'lkalarda yurgandir. Yoki meni topolmayaptimikan a?" - o'ylayman o'zimcha.

Aslidachi, aslida menga fasllarni qizig'i yo'q. To'g'ri men ham ko'pchlik kabi qishni uncha xushlamayman. Bu rost, ikkisini ham, tabiatning qishini ham qalbimning qishini ham yoqtirmayman. Tabiat qishi menga qishloqda har kuni pechka yoqib o'tirgan, deyarli muzlatib qo'yadigan oshxonamizda ovqat pishirayotgan onamni, yoshi ulug'lashib, keksalik o'z ta'sirini bildirib, tahoratga ancha qiynaladigan buvijonimni va bizni o'qitaman deb tun-u kun to'xtamay ishlayverib qo'llari qavarib, sovuqda yorilib, qorayib ketgan otamni yodimga soladi. Ha shunday, "Qish qishloqda qishlaydi".

Qish tugadi, bahor keldi. Aslida sanalar almashdi xolos, tamom. Ichimda hanuz o'sha sovuqlik, yolg'izlik hukumron, hanuz bahorimni kutyapman. Ulgurasan degan umiddaman. Qishloqda esa ekin-tikin ishlari boshlanib bo'lgan, kimdur kartoshka ekkan, kimdur tomorqa chopgan, ariqlar tozalanib, kavlanib mavsum uchun tayyorlangan...

01.03.2022

@Aytishim_kerak