Get Mystery Box with random crypto!

Menga Qurʼon oʻqib ber gulim Qoraqoshim, qaro koʻzligim Arazc | Яхёбек 🫀

Menga Qurʼon oʻqib ber gulim

Qoraqoshim, qaro koʻzligim
Arazchimu, shirin soʻzligim
Qilib meni oʻzinga maftun
Menga Qurʼon oʻqib ber gulim

Faxr tuyay kuyunganim meni
Alloh uchun suyganim meni
Yanada rom aylagin qani
Menga Qurʼon oʻqib ber gulim

Kerak emas oʻzga kuy navo
Qiroating yurakka davo
Etgin shuni Qoriyam ravo
Menga Qurʼon oʻqib ber gulim

Joʻr boʻlayin tovushlaringa
Sogʻintirgan xonishlaringa
Rahmat yogʻsin boqishlaringa
Menga Qurʼon oʻqib ber gulim

Jannat tamon yoʻlimiz bogʻlab
Nafsni egib, iymonni chogʻlab
Bugun hozir shu ondan boshlab
Menga Qurʼon oʻqib ber gulim

Farishtalar yayrasin kulsin
Gunohlarga kafforat boʻlsin
Alloh ikkimizni ham suysin
Menga Qurʼon oʻqib ber gulim

Neki boʻlsa yengib ikkimiz
Alloh uchun asrab sevgimiz
Jannatda ham boʻlsak birga biz
Menga Qurʼon oʻqib ber gulim