Get Mystery Box with random crypto!

Umar Muhandis

Telegram kanalining logotibi umarmuhandis — Umar Muhandis U
Telegram kanalining logotibi umarmuhandis — Umar Muhandis
Kanal manzili: @umarmuhandis
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.04K
Kanalning ta’rifi

Senior Software Engineer / Key Engineer @ EPAM Systems / Street Coder
Message me @umarengineer, might respond with delays :)
Find my logs at @umarulashar
Muallifning shaxsiy fikrlari yozilishi mumkun, hamma narsani to'g'ri deb qabul qilish shart emas.

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-09-27 19:58:56 https://tarteel.ai - Shuni yasaganlarga havas qildim lekin! Masha'Allah
1.6K viewsedited  16:58
Ochish/sharhlash
2021-09-27 18:34:39 M - Motivatsiya, I - Iroda, H - Hohish, I - Intizom (Discipline) Kuni kecha bir Na’jot Ta’limda guruhimda o’qigan o’quvchilarimdan biri Institutning sirtqi bo’limiga o’qishga kiribdilar. Institutga kirish oddiy holat deysizmi? Endi gapni davomini eshiting…
1.2K viewsedited  15:34
Ochish/sharhlash
2021-09-27 18:33:08 M - Motivatsiya, I - Iroda, H - Hohish, I - Intizom (Discipline)

Kuni kecha bir Na’jot Ta’limda guruhimda o’qigan o’quvchilarimdan biri Institutning sirtqi bo’limiga o’qishga kiribdilar. Institutga kirish oddiy holat deysizmi? Endi gapni davomini eshiting, markazda dars berayotgan paytimda 40 dan ortiq o’quvchilarni o’qitdim, lekin hammasini orasida ajralib turadigan bir o’quvchim bor edi, Sherzod aka. Sherzod aka guruhdagilardan nafaqat yosh, balki o’zlarining tartib intizomlari, darsga bo’lgan munosabatlari va ilmga chanqoqliklari bilan ajralib turar edilar. 38 yosha kirganlariga, oilali, farzandli odam bo’lganlariga qaramasdan, uncha muncha hali dunyo muommolarini ko’rb, hayotni achchiq chuchugigini tanimagan, aynan o’qiydigan yoshdagi o’quvchilardan ham ko’ra ko’proq harakat qilib yaxshiroq natija ko’rsatar edilar. Ular bilan bir kvatirada yashaydigan xonadoshlaridan ko’p so’rardim, Sherzod aka uyda ko’p o’qiydilarmi deb, ular menga javoban Sherzod aka uyga borishlari bilan, ovqat yeb bo’lib, bir choynak choyni oldilariga qo’yib olib, kun kech bo’lguncha kompyuterdan turmasdan, o’tgan mavzuyimizni qaytadan videodarsini ko’radilar, undan keyin qo’shimcha videolarni YouTube dan ko’rib bo’lib, uy ishini qilib bo’lganlaridan keyingina uhlaydilar deb aytishardi. Men bu gaplarni eshitib, tog’risi qoyil qolardim, chunki qoyil qolmasdan iloj yo’q. Ulardan markazga kelmaslaridan oldin nima ishlar qilganlari va nega bu soxaga qiziqib kelganlari haqida so’raganimda, Rossiyada qurilishda ham ishlaganman, taksistlik ham qilganman, bola chaqani boqish uchun har xil ishlarni qilib ko’rganlarini va bu o’qishlarining birinchi sababi, kasbni o’zgartirib yaxshi yo’nalish topish bo’lsa, ikkinchisi farzandlariga o’rnak bo’lish deb aytdilar. Agar bu insonda menimcha aynan 16-26 yoshlarida sharoitlari bo’lib, oldindan o’qiganlarida, hozir bemalol oxirgi paytlar biz ko’p tilga olayotgan Saidbek Arslonov, Sherali Obidov va Nodir Turakulovlardek insolar qatoridan o’rin olgan bo’lardilar menimcha. Lekin shu hozirgi yoshlarida erishayotgan yutuqlariga tasanno demasdan iloj yo’q Hudoim ularga bundan ham ko’p va yaxshi natijalarga erishishda o’zi qo’llasin deb qolaman.

Shuning uchun do’stlar, ota-onangiz, yaqinlaringiz, sizga o’qish uchun sharoit qilib berishgan bo’lishsa, bu ishonchni va harakatlarni oqlashga tish tirnog’ingiz bilan harakat qiling. Vaqt faqat oldinga yuradi. Hardoim ham biz hozirgidek, har narsani bir ko’rishda ilib olib, tetik va baquvvat bo’lmayamiz. Chunki, oramizda balkim shunday insonlar ham borki, ular ota-onasi yelib yugurib qilayotgan harakatlarni oqlamaydi. O’zimni o’quvchilarim orasida bundaylarini ham ko’rdim, ota-onasi yig’ib tergan pulini sarflab, farzandim o’qisin, Toshkentga kelib issiq ovqati va issiq yashashga joyi bo’lsin, ishlatishiga mayli qimmatroq bo’lsa ham olib beray shu noutbukini deb yuborilganlarni nima ishlar qilib yurganini. Bunday insonlarni ko’rsam tog’risi, tilimga senzuraga tog’ri kelmaydigan gaplar keladi. O’zim Toshkentda tug’ilib o’sganman, lekin chet eldagi sharoitlar uyoqda tursin, Respublikamizda ko’p joylarda Toshkentdagi sharoitlar yo’q. Shuning uchun, hardoim o’zimning sharoitimga shukur qilaman, lekin qadriga yetmayotganlarni ko’rganimda esa attang dan boshqa narsa deyolmayman.

Allohga ming martta shukur, o’quvchilarim o’zini yo’lini birin ketin topib ketmoqda, so’ngi kunlarda har hafta noqal bir martta bo’lsa ham o’quvchilarim yozishadi, “Humoyun aka, tabriklang, men **** ga ishga kirdim” deb. Orada paketga o’ralgan birinchi oyligini olgan o’quvchilarim uni rasmga tushirib, xursanchiligini men bilan bo’lashishni istaganlari ham bo’lib turibdi. Bularni ko’rib, eshitib, men o’zimni olgan pullarimni, ular menga bildirgan ishonchni, ularga bergan bilimlarimni va ota-onalarning ishonchi oqlanayotganini ko’rib yosh boladek xursand bo’laman. Bu tuyg’uni his qilish uchun, hayotda bir marotaba bo’lsa ham o’qituvchi bo’lib ko’rish kerak ekan.

@khumoyun_writes
854 views15:33
Ochish/sharhlash
2021-09-27 10:29:44 Hamyurtimiz (va hamkasbimiz ) Sardor Islomov Google Developers Experts sertifikatini markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi bo'lib qo'lga kiritdilar (hozircha yagona)

O'zlarining tajribalari bilan ushbu maqolada bo'lishdilar. O'qib chiqishni tavsiya qilaman.

@umarmuhandis
745 viewsedited  07:29
Ochish/sharhlash
2021-09-06 20:06:31 Github akkauntimda kerakmas bo'lgan, ortiqcha repo'lar ko'payib ketgan edi. Ularni tozalashga kirishishni boshladim. Bir nechta repo'larni o'chirish juda zerikarli, vaqt oladigan ish. Dasturchilar esa takrorlanadigan ishlarni yomon ko'rishadi.

Agar qog'ozga 1 dan 1000 gacha bo'lgan sonlarni yozib chiqish kerak bo'lsa, dasturchi shu ishni oddiy odamdan farqli o'laroq 2-3 qator kod bilan hal qilib qo'ya qoladi (Ha, ular juda dangasa )

Shu payt, hamma uchun tanish bo'lgan holat, Google "amaki" orqali izlanishga tushib ketdim. Va natijada RepoSweeper nomli sayt orqali buni amalga oshirish mumkin ekanligini topdim. U yerga github akkauntingizni kiritasiz, va github'da yasalgan tokenni joylaysiz, qarabsizki xizmat sizga barcha repolaringizni ro'yhatini chiqarib beradi, siz esa kerakmas repolarni bir vaqt'da tozalab tashlaysiz. Shunaqa gaplar

@umarmuhandis
1.1K viewsedited  17:06
Ochish/sharhlash
2021-09-06 19:27:34 Agar mabodo bironta kichkina narsa o'xshamay qolsa, "Shuni ham eplay olmayabman, dasturlash mengamikan o'zi ". Agar hammasi kutilgandek o'xshab qolsa, "Men daho dasturchiman "

Tanish holatmi

@umarmuhandis
947 views16:27
Ochish/sharhlash
2021-09-04 13:14:31 Dasturchi - yugurishni, suzishni va hattoki stol tennis o'ynashni ham youtube'dan o'rganadigan odam

@umarmuhandis
1.1K viewsedited  10:14
Ochish/sharhlash
2021-09-02 16:41:29
San Fransisko, Bay Area'dagi O'zbeklar

Musofirchilikdagi vatandoshlaring ahil ekanini ko'rib ko'zing quvnaydi. Qoyil, respect!

P.S. Video @dengizortidan uxlatib olindi

@umarmuhandis
1.1K views13:41
Ochish/sharhlash
2021-09-02 13:18:28 Ortida bir necha o'nlab kompleks algoritmlar ishlovchi Google'da "idiot" (ahmoq) deb qidirsangiz, Donald Trump'ning rasmi chiqar ekan

Xulosa o'zingizdan.

#kunhazili

@umarmuhandis
918 views10:18
Ochish/sharhlash