Get Mystery Box with random crypto!

Yaqinda, Akrom Malik qalamlariga mansub 'Halqa' qissasini o'qi | Umar Muhandis

Yaqinda, Akrom Malik qalamlariga mansub "Halqa" qissasini o'qib tugatdim. Qissani ishtiyoq va intizorlik bilan o'qirkanman, kitob o'qish uchun ajratadigan kunlik rejam ko'z ochib yumgunchalik darajada o'z nihoyasiga yetib qolardi. Qissada bir qancha og'riqli mavzularning sabablari keng yoritib berilgan. Xususan, avvallari peshqadam bo'lgan bu millat nima sababdan jar yoqasiga kelib qolgani, boshqa millatlardan ortda qolib ketganligi, nafsning balosi, uning naqadar yomonligiga ishoralar berib o'tilgan.

Ushbu kitobni har bir o'zbek farzandi o'qib, kerakli xuloslarni chiqarib, hayotlariga tadbiq qilishlarini istardim. O'quvchi qissani o'qirkan, haqiqiy mardlik, jasorat, hayo, ibo, iffat, iymon quvvati nima ekanligini qahramonlarning boshlaridan o'tkazgan sinovlari orqali bilib oladilar. Ushbu asar, bilganlarga bir eslatma, bilamganlarga esa bir xabar o'laroq xizmat qiladi deb umid qilaman.

Yurakdan chiqqan narsa yurakka yetib boradi. Qissa bizga yetib kelishligida muallif qanchalar ter to'kkanlari, qanday qiyinchiliklarni, qanday iztiroblarni boshdan kechirganlari bizga qorong'u. Mehribon Rabbimizdan, yozuvchimizning qilgan mehnatlariga yarasha ajru mukofotlar, kelgusi ishlarida baraka, g'ayrat, kuch-quvvat, "Halqa" qissasini esa, o'qiguvchilar uchun ikki dunyoda manfaatlariga xizmat qilishini so'rab qolamiz. Ameen!

Ushbu kitobni o'qib chiqib, sizga ham foydali deb o'yladim va sahifamizda tanlov e'lon qilishlikga qaror qildim
Tanlovda qatnashish sharti juda ham oddiy. Ushbu postni 10'ta do'stingizga yuboring demaymiz

Telegram kanalimizga a'zo bo'lgan holda, quyidagi "Qatnashaman!" tugmasini bossangiz bas, 25-dekabr, shanba kuni kechki soat 20:30'da, tasodifiy tanlash yo'li bilan g'olibni aniqlaymiz.
Qani kettik