Get Mystery Box with random crypto!

Infoloʼlilik shunday kasallikki, mabodo bir jiyani tilanchilik | Omar Xalil

Infoloʼlilik shunday kasallikki, mabodo bir jiyani tilanchilik qiladigan boʼlsa, shundanam ochko olish uchun "jiyanimniyam biznesi bor. Ungayam maslahat berib turaman, tilanchilik biznesiyam kuchli, halol biznes. Chunki jiyanim tilanchilik qilish orqali Аlloh bergan aktyorlik talantini sotyapti" deb yuboraveradi.

6 yoshligida qoʼshniga biror marta doʼkondan biror narsa olib kelib berganda qoʼshni qaytimini olmay, yaxshilik qilib, "senda qolaversin, bolam. Muzqaymoq olarsan", degan boʼlsa, "birinchi biznesimni 6 yoshda boshlaganman. Qoʼshnilarga doʼkondan narsa olib kelib, komissiya ishlab olardim", deydi.

Koʼpchiligi "Xalqaro tadbirkor" boʼladi. Surishtirsang, xalqaro biznes u yoqda tursin, shu yerdayam infobiznesdan boshqa biznesi boʼlmaydi. Yoki, infobiznesdan kelgan pul bilan keyinchalik biror biznesi paydo boʼlgan boʼladi.

Ibro supermendan qutildik. Tursik infoloʼli yoʼqoldi. Koʼpchiligi yoʼqolib ketdi. Lekin baʼzilari bor haliyam.

Dilshod Odilov