Get Mystery Box with random crypto!

Yaxshi insonlarning jur’atsizligi yomon odamlarning zulmiga sh | Omar Xalil

Yaxshi insonlarning jur’atsizligi yomon odamlarning zulmiga sharoit yaratadi. Zulmga qarshi kurashda adolat va kuchni oʻzingda jam qilgin. Adolatsiz kuch zoʻravonlik, kuchsiz adolat esa sarobdan boshqa narsa emas. Kuchli boʻl, oʻzingni va mazlumlarni ximoya qil. Bu yoʻlda koʻzing koʻkarishidan, burning ishishidan, tishing sinishidan, tanang jarohat olishidan qoʻrqma. Qalbingda Allohning cheksiz quvvatini his qil va zolimga nisbatan shiddatli boʻl. Shuni doim yodingda tut, sharafli yengilish, sharmandali omon qolishdan afzaldir. Agar ogʻriqdan qoʻrquvni his qilsang bu qoʻrquv butun kuchingni, ruhingni mahv etadi va jur’atingni sugʻurib oladi. Vujuding kichik boʻlsa ham, jasorating ufqlar qadar keng, chaqmoq kabi shiddatli boʻl.

@umarhalil