Get Mystery Box with random crypto!

Umarbooks

Telegram kanalining logotibi umarbookss — Umarbooks U
Telegram kanalining logotibi umarbookss — Umarbooks
Kanal manzili: @umarbookss
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 82

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-02-04 23:39:14 Naqd 11kundan keyin-a
Hechdan ko'ra kech
Alloh manfaatli qilsin, amiyn )
27 views20:39
Ochish/sharhlash
2023-02-04 23:34:15 ​Taqriz #book_review
Bugun bomdod o'qidingizmi?!
Rog'ib Sirjoniy

Haa o'qivolarman haliroq qazosini...
Hozir yana 5 daqiqa uxlab olay...

Hali vaqt bor ekanku...

Uyg'oning

Bomdod namoziga shunchalar be'etibormizmi?
Namozimizni uyqudan afzal ko'rdikmi?
Bomdodga turolmay qazosini o'qiyapmizmi?
Bomdod namoziga turish tugul uni jamoat bilan birga masjidda o'qiyapmizmi?
Biz shu darajaga yetdik...

Bomdod namozi Alloh taoloning biz bandalariga bergan imtihoni, nega? Chunki aynan bomdod namozi vaqtida siz shirin uyquda bo'lasiz, va o'sha payt nafsingizni yengib ibodat qilish uchun uyqudan kechasiz. Jannatga kirish oson emas!

Va shu bilan birga bomdod namozi Alloh taoloning biz bandalariga bergan ne'mati hamdir.
Bomdod namozi vaqti barokatga to'la bo'lgan vaqt

Barchamizda bor bo'lgan va uning ahamiyati katta bo'lgan miyyamiz: agar biror-bir narsaning ahamiyatini, ya'ni qanchalik bizga muhim ekanligini miyyamizga aniq qilib yetkaza olsak bomdod namoziga emaklab bo'lsa ham turishga harakat qilamiz, sababi biz uning mohiyatini anglab yetgan bo'lamiz va farzni bajarmaslikning jazosini ham qanchalik og'ir ekanligini bilganimizdan keyin ham, bomdod namozini qoldirmaslikka harakat qilamiz.
Va aynan kitobda bomdodning ahamiyatini yoritishga urg'u berilgan, bomdod namoziga turishga yordam beruvchi omillar va yana ko'plab manfaatli ma'lumot va hadislar. Va hatto siz bomdod namozini qoldirmasdan o'qisangiz ham bu kitob sizga manfaat keltirishi aniq Bifazlillah.

Alloh taolo barchamizga bomdod namozini qoldirmasdan o'z vaqtida xushu' va huzu' bilan qoim bo'lishni nasib qilsin, amiyn.
28 views20:34
Ochish/sharhlash
2023-01-24 19:39:36 Taqriz yozaymi? #review
75 viewsedited  16:39
Ochish/sharhlash
2023-01-24 19:39:02
Ko'z yoshlar ila tugadi...
72 viewsu., 16:39
Ochish/sharhlash
2023-01-24 08:27:10 Hayotimizni dangasalik va tanballik bilan o'tkazishga rozi bo'lamizmi?!

Avvallari insonlar ishlariga erta tongda chiqib ketishlariga guvoh bo'lar edik. Dehqonlar ham, tijoratchilar ham, boshqa kasb vakillarida ham shunday edi.

So'ng keyingi davrlarda televizorlar, turli videomahsulotlar, sputnik kanallari, qahvaxona va klublar ommalashdi... Xo'sh, natija nima bo'ldi?

Vaqtida uxlamaslik, kech uyg'onish, tonggi soatlarni zoye qilishning natijasi nima bo'ldi?
Baraka yo'qoldi, ishlab chiqarish susaydi va iqtisodiy inqirozlar ko'paydi.

Endi barakali vaqtlarni ortga qaytarishda shariatimizning eng daqiq ko'rsatmalarigacha murojaat qilmasak bo'lmaydi... Buning natijasida bomdod namozidan oldingi vaqtdan to uyqu soatigacha bo'lgan kunimizdan to'liq manfaat olishimiz mumkin...

Alloh taolodan musulmonlar uchun tavfiq so'rab qolamiz!

"Bugun bomdod o'qidingizmi?!" kitobidan
97 views05:27
Ochish/sharhlash
2023-01-22 20:57:17
Yaxshi do‘st, toza vijdon va albatta, yaxshi kitoblar – ideal hayot uchun boshqa narsa kerak emas!
71 views17:57
Ochish/sharhlash
2023-01-21 19:43:11 Kanalga biroz ruscha kontentga nima deysiz?

Albatta kitoblar haqida)
76 views16:43
Ochish/sharhlash
2023-01-20 20:21:33
Hasan Basriydan so'rashibti:
Qanday qilib bunchalar hotirjamlikka erishdingiz?

- Alloh taolo menga yozib qo'ygan qadaridan boshqa narsani ko'rmasligimni bilganimdan keyin, va Alloh taolo menga rizq qilib bergan narsadan ko'pini ham ozini ham yemasligimni bilganimdan keyin dunyoda hotirjam bo'ldim

@umar_boooks
85 views17:21
Ochish/sharhlash
2023-01-20 13:27:38 Oxirigacha o'qigan bo'lsangiz reaksiya orqali bildirib qo'ying)

Qancha odamga qiziq shunga qarab yana boshqa mavzular haqidayam gaplashamiz
69 viewsedited  10:27
Ochish/sharhlash
2023-01-20 13:24:06 Sizga shu tarzda stories dek rasm orqali o'qish qulaymi yoki uzuuun postni o'qish qulayroqmi?
71 views10:24
Ochish/sharhlash