Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston shaxmat tarixida ilk bor dunyo reytingida TOP-20 t | Umar Arslonov 🇺🇿

O‘zbekiston shaxmat tarixida ilk bor dunyo reytingida TOP-20 talikka kirdi!

Xalqaro shaxmat federatsiyasi — FIDE tomonidan yuritiladigan jahon shaxmat reytingida O‘zbeksiton ilk bor kuchli 20 talikka kirishga muvaffaq bo‘ldi. 2022-yil iyul oyi reytingiga asosan, O‘zbekiston jahon shaxmat reytingida 19-o‘rinni egalladi.

Dunyo reytingini mos ravishda AQSh, Rossiya, Xitoy boshqarib bormoqda. Germaniya, Ispaniya, Polsha, Angliya kabi mamlakatlar ham yuqori o‘rinlarni qayd etgan. Shunga qaramay, reytingda yurtimiz dunyo shaxmatida o‘z o‘rniga va natijasiga ega bo‘lgan Gruziya, Serbiya, Eron, Italiya, Bolgariya, Ruminiya, Kuba, Turkiya va Argentina kabi davlatlaridan yuqori o‘rinda bormoqda.

Albatta, bu hali shaxmatdagi natijalarimizning boshlanishi. TOP-10 talikka va undan yuqori o‘rinlarga kirish uchun jamoamiz bilan astoydil mehnat qilib, bundan ham yuqoriroq natijalarga erishishga harakat qilamiz. Bugungi yutuq bilan esa barcha yurtdoshlarimizni tabriklaymiz!

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi