Get Mystery Box with random crypto!

Agar hayotingizda o'sish bo'lmayotgan bo'lsa, bu xato qilmayot | Umar Alimov JKP

Agar hayotingizda o'sish bo'lmayotgan bo'lsa, bu xato qilmayotganingizdan.

Aslida ko'p xato qilayotgan odam - ko'p urunib ko'rayotgan bo'ladi. Ko'p urunib ko'rgan insonning tajribasi oshadi, hayotida o'sish bo'ladi.

Faqat bir nuqta bor: siz xato qilish uchun xarakat qilmaysiz, xato qilmaslik uchun xarakat qilasiz. Agar shunda ham xato qib qo'ysangiz kuyinmang! Qilgan xatoyingizdan ibrat oling va qayta urunib ko'ring. Qayta xarakat qilganingizda, ishingizni yana ham mukammalroq qiling va oldingi xatolaringizni qaytarmang. Qanday qilib bu ishda bu safar muvaffaqiyatga erishish haqida o'ylang.

Shuni bilingki - taslim bo'lmaguningizcha mag'lub hisoblanmaysiz!

Kanal: @Umar_Alimov