Get Mystery Box with random crypto!

UXLAB YOTGAN KUCHINGNI UYG'OT! Muammo shundaki, baxtli bo'lis | Umar Alimov JKP

UXLAB YOTGAN KUCHINGNI UYG'OT!

Muammo shundaki, baxtli bo'lish uchun biz doim nimanidir kutib yashaymi. Misol uchun: "Meni mashinam bo'lsa, baxtli bo'laman, uyim bo'lsa baxtli bo'laman, turmush qursam baxtli bo'laman, farzand ko'rsam baxtli bo'laman, biznesim yursa baxtli bo'laman".

Qachondur baxtli bo'laman deyish bilan, hozir baxtsiz ekaningizni isbotlayotgan bo'lasiz. Nima uchun buni "muammo" dedim bilasizmi? - Chunki, hayotingizda o'sha narsa sodir bo'lsa ham ikki kun yoki bir oy baxtli bo'lasiz, lekin keyin baxtli bo'lolmaysiz. Yana nimadir sodir bo'lishini kutishni boshlaysiz. Misol uchun: Turmush qursangiz, farzandingiz tug'ulishini kutasiz, tug'ilganidan keyin, o'zi yurishini kutasiz, o'zi yurganidan keyin, katta bo'lishini kutasiz, katta bo'lganidan keyin, yo'lini topishini kutasiz, yo'lini topsa, turmush qurishini kutasiz, turmush qursa, nabirangiz bo'lishini kutasiz. Oxiri siz qarib, endi baxtli bo'lish uchun juda kam vaqtingiz qolganini tushunasiz, ortingizga qaraysiz va umringizni faqat kutish bilan o'tkazib yuborganingizni tushunasiz

Demak, o'ylab qarasak siz hech qachon baxtli bo'lolmasligingiz mumkin ekan to'g'rimi?

Endi qanday qilib, buni o'zgartirish mumkin? Qanday qilib, aynan hozir, muammolari bo'lsa ham, kelishmovchiliklar bo'lsa ham, hayotingiz zo'r bo'lmasa ham baxtli bo'la olish mumkin?

Bunga javob beraman, kanalni kuzatishda davom eting. Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring