Get Mystery Box with random crypto!

Doʻstim oylik maoshini olib, oldimda taqsimladi: Bankka toʻlov | 16-DIMI (rasmiy kanal)🎗

Doʻstim oylik maoshini olib, oldimda taqsimladi:
Bankka toʻlov 400 000 soʻm
Turli kvitansiyalarga 100 000 soʻm
Onasiga 200 000 soʻm
Otasiga 200 000 soʻm...
Men ajablandim:
- Otang vafot etgandilarku?!
U tabassum qildi, soʻng ogʻir xoʻrsinib javob qildi:
- Ha otam yer yuzida vafot etganlar, lekin qalbimda tiriklar. Har vaqtdan ham koʻra hozir menga koʻproq muhtojlar!

Ha, ayrim huquqlar vafot etish bilan soqit boʻlmaydi.
“Robbim ular (ota-onam) meni kichiklikda tarbiya qilganlaridek, ularga rahm qilgin!” (“Isro” surasi, 24-oyat).