Get Mystery Box with random crypto!

Ulugbek's Diary🗒

Telegram kanalining logotibi ulugbekning_kundaligi — Ulugbek's Diary🗒 U
Telegram kanalining logotibi ulugbekning_kundaligi — Ulugbek's Diary🗒
Kanal manzili: @ulugbekning_kundaligi
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 32
Kanalning ta’rifi

Assalamu alaykum. Ushbu kanal mening online kundalagim. Bu yerda barcha taasurotlarimni yozib boraman.
Adminga murojaat:
@mahkamov_ulugbek
Anonim(profilingiz ko'rinmagan holatdagi) murojaat: http://t.me/anonaskbot?start=717580761

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-29 13:06:47 Bir kishi Abu Dardo roziyallohu anhuga aytdi:

-Biz nima uchun oʻlimni yoqtirmaymiz?

U zot aytdi:
-Chunki siz oxiratingizni xarob, dunyoingizni obod etdingiz.
13 viewsULUGBEK MAHKAMOV, 10:06
Ochish/sharhlash
2022-08-29 13:06:23 Har qanday kitobning avvalida muallif: “Kitobda yo‘l qo‘yilgan xatolar uchun oldindan uzr so‘raymiz”, deydi. Faqatgina Qur’oni karim “Bu kitobda shak-shubha yo‘q”, deb boshlanadi.
13 viewsULUGBEK MAHKAMOV, 10:06
Ochish/sharhlash
2022-08-29 13:05:45 Halil Jibron deydi: "Boshqa kishining haqiqati u sizga aytgani emas, ayta olmaganidir. Shu sababdan uni tushunishni istasangiz, aytganlarini emas, aytmaganlarini tinglang". Inson sukut qilgani qadardir va inson insonni tushuntirolmaydigan yerida tushuna olsagina u yaqin insondir.
12 viewsULUGBEK MAHKAMOV, 10:05
Ochish/sharhlash
2022-08-29 13:02:20O’zini boshqalardan ustun qo’yadigan katta gapiradigan, maqtanchoq insonlarni yoqtirmayman. Ularga 100 so’m berib: narxingni bilganingda qaytimini qaytararsan, degim keladi.

Tolstoyni gapini o'zimga mosladim.
10 viewsULUGBEK MAHKAMOV, edited  10:02
Ochish/sharhlash
2022-08-29 13:00:37 Agar odamlar siz bilan dunyo ustida musobaqalashsa, ularni tark eting.

Agar odamlar siz bilan oxirat ustida musobaqalashsa, ular bilan birga musobaqalashing.

Chunki, Alloh taolo dunyoni yaxshi ko‘rganiga ham, yaxshi ko‘rmaganiga ham beradi. Oxiratni esa faqat yaxshi ko‘rgan bandasiga beradi.


Qomar.
10 viewsULUGBEK MAHKAMOV, 10:00
Ochish/sharhlash
2022-08-29 12:59:44 Egningda qimmat kiyim bormi yo'qmi bu muhim emas. Muhimi anavi bo'yningdan keyingisi bo'yinni davomimi yoki boshmi shu muhim!
10 viewsULUGBEK MAHKAMOV, 09:59
Ochish/sharhlash
2022-08-29 12:57:37 Tushunishni istamagan insonni, davosi yo‘q kasallikka o‘xshataman.

chopildi.
10 viewsULUGBEK MAHKAMOV, 09:57
Ochish/sharhlash
2022-08-29 12:54:52 Insonning oʻzida yaxshi hislatlar qanchalik koʻp boʻlsa, boshqalardagi yomon kamchiliklarni shuncha kam payqaydi. Shunday ekan, sizni yomon deganlardan xafa boʻlmang .
10 viewsULUGBEK MAHKAMOV, edited  09:54
Ochish/sharhlash
2022-08-29 12:53:48 Hurmatli men birovni hayotini muhokama qilishdan oldin, uning oyoq kiyimini kiy va u yurgan yoʻllardan, koʻchalardan, togʻ va tekisliklardan yurib oʻt.

Dard, alam va halovatini totib koʻr. U yurib oʻtgan yillardan oʻt, u qoqilgan toshlarga sen ham qoqil. Boshqatdan oyoqqa tur va ayni yoʻlda yana takror davom et, xuddi u davom etgani kabi.

Faqat mana shulardan keyingina uni muhokama qila olasan.
10 viewsULUGBEK MAHKAMOV, edited  09:53
Ochish/sharhlash
2022-08-29 12:49:43 Har qanday maqsading boʻlsa, Alloh bermasin!
Bu Koʻngil nima yaxshi, nima yomonligini bilmaydi, faqat hohlaydi.
Xayrlisi nima boʻlsa, ana oʻshani bersin!

Rumiy.
10 viewsULUGBEK MAHKAMOV, 09:49
Ochish/sharhlash