Get Mystery Box with random crypto!

Улугбек Mаматхонов

Telegram kanalining logotibi ulugbekmamatkhanov — Улугбек Mаматхонов У
Telegram kanalining logotibi ulugbekmamatkhanov — Улугбек Mаматхонов
Kanal manzili: @ulugbekmamatkhanov
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 347
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal, O'zbekistonda nogironlik masalalari bo'yicha expert Ulug'bek Mamatkhanovning shaxsiy blogi.
Murojat uchun: @U_Mamatkhanov

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-12-19 21:47:35
“Ижтимоий ҳимояга муҳтож қатлам буни сезмайди” — Қўчқоров энергия тарифлари ўзгариши ҳақида

“Энергетика тарифлари бўйича албатта ишлар олиб бориляпти. Бу бўйича нимадир қилиниши кераклигини ҳамма билади. Шуни ишонтириб айтишим керакки, аҳолининг ижтимоий ҳимояга муҳтож қатлами бу ўзгаришларни сезмайди”, – деди бош вазир ўринбосари Жамшид Қўчқоров.

https://kun.uz/12488342

Kun.uz расмий канали
285 views18:47
Ochish/sharhlash
2022-12-18 00:37:51 Eslatma #sharoitlarmonitoringi ‘ning navbatdagi son to’liq videosini YouTube kanalimizda ko’rishingiz mumkin.

Havola:



Kanalimizga obuna boʻling:
@sharoitplus
395 views21:37
Ochish/sharhlash
2022-12-18 00:31:31 Смотрите "IMKONIYATI CHEKLANGAN INSONLAR JAMOATCHILIK NIGOHIDA." на YouTube


336 views21:31
Ochish/sharhlash
2022-12-17 23:14:37 #loyiha

www.ishplus.uz rekruting veb-portali orqali nogironligi boʻlgan yoshlarni ishga joylashtirish (davomiy loyiha)

Xabaringiz boʻlsa, 2022-yil 3-noyabrdan boshlab «Maxsus rekruting veb-portali orqali nogironligi boʻlgan shaxslarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta’minlash» loyihasining davomini amalga oshirib kelyapmiz.

Ushbu loyiha AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtiriladigan “Markaziy Osiyoda ijtimoiy innovatsiyalar” dasturi doirasida Yevroosiyo jamg‘armasi ko‘magida amalga oshirilyapti.

Loyihaning milliy hamkori: O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Loyiha haqida batafsil vebsaytimizda oʻqing: https://sharoitplus.uz/www-ishplus-uz-rekruting-veb-portali-orqali-nogironligi-bo%ca%bblgan-yoshlarni-ishga-joylashtirish/

Ma’lumot xizmati: +998 (90) 818-07-08 (ish kunlari soat 9:00 dan 17:00 gacha ishlaydi)

Manzil: O‘zbekiston, 100000, Toshkent, Mirzo-Ulug’bek tumani, Yahyo G’ulomov ko‘chasi, 38-uy (Mirzo-Ulug’bek tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazi binosi ichida). Mo‘ljal: «Bibigon» kafesi, Buyuk Britaniya elchixonasi

Telegram kanal: @ishplus_uz

Veb-portal manzili: https://ishplus.uz/

Kanalimizga obuna boʻling:
@sharoitplus
232 views20:14
Ochish/sharhlash
2022-12-17 01:35:02
#Bilasizmi

16 yoshga to'lmagan nogiron bolasi bor ayollarga har yili 3 ish kunidan kam bo'lmagan haq to'lanadigan qo'shimcha ta'til beriladi.

Shuningdek, 16 yoshga to'lmagan nogiron bolasi bor ota-onaning biriga haq to'lagan holda oyiga qo'shimcha bir dam olish kuni beriladi.

16 yoshgacha bo'lgan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onalardan biriga nogiron bolaning sanatoriyda davolangan barcha davri uchun unga yakka tartibda parvarish zarurligi to'g'risidagi tibbiy xulosa mavjud bo'lganda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi beriladi.

16 yoshgacha bo'lgan nogiron bolani parvarishlashda band bo'lgan ona kasal bo'lib, bolani parvarishlashga qurbi yetmay qolgan hollarda, parvarish bilan band bo'lgan ishlayotgan boshqa oila a'zolari yoki qarindoshlariga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi beriladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
280 views22:35
Ochish/sharhlash
2022-12-17 01:35:02
#Bilasizmi

Quyidagi kasalliklar mavjud bolalar uchun bog'cha puli to'lanmaydi:

nutqidagi og'ir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlanish, bolalar afaziyasi, ruhiy-nutqiy rivojlanishda orqada qolish);

eshitishdagi og'ir nuqsonlar (II — IV darajadagi karlik);

ko'rishdagi og'ir nuqsonlar (ko'zi ojizlar, bir ko'zi soqqasi yo'qligi (anoftalm), ambliopiya va g'ilay bo'lgan zaif ko'radiganlar);

tayanch-harakatlanishidagi nuqsonlar;

psixik rivojlanishda orqada qolish (aqliy orqada qolish (aqliy faoliyatining orqada qolishi va aqliy zaiflikning yengil darajasi);

murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi);

sil kasalligining ilk ko'rinishi (sil kasalligi bilan kasallangan bemor bilan bir oiladan (xo'jalikdan) bo'lib aloqada bo'lganlar, tubviraj), shuningdek sil kasalligidan keyingi tiklash davri.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
232 views22:35
Ochish/sharhlash
2022-12-17 01:24:21
Toshkentda avtobuslar soni ko‘paytirilmoqda. Lekin ular orasida nogironlar uchun moslashmaganlari ham bor

15-dekabr kuni yo‘nalishlarga 900 dan ortiq avtobuslar chiqarildi. 16-dekabrda ularning soni 1000 taga yetkazilishi ko‘zda tutilgan. Poytaxt ko‘chalariga chiqarilgan avtobuslar orasida 2018 yildan sotib olinishi taqiqlanganlari ham bor.

https://kun.uz/uz/43198359

Kun.uz rasmiy kanali
221 views22:24
Ochish/sharhlash
2022-12-15 17:39:13
“Ногиронлигимдан нолимайман” – ярим гавда билан рўзғорини бутун қилаётган уста

Асака туманидаги Кужган қишлоғида кимнинг телевизори бузилиб қолса, Носиржон Қорабоевнинг уйига шошилади. Чунки 2 ёшлигидаги хасталик сабаб оёқлари деярли ҳаракатланмайдиган, қўллари ҳам соғлом бўлмаган бу инсон қишлоқнинг “телемастер”и сифатида танилган. Телевизорнинг исталган тури билан “тиллаша” оладиган уста шу ҳунари ортидан рўзғор тебратмоқда.

ВИДЕОНИ САЙТИМИЗДА КЎРИНГ
216 views14:39
Ochish/sharhlash
2022-12-14 22:07:31
O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar ko‘pincha maxsus muassasalarda ta'lim oladilar. 2020 yilda ular internat shaklidagi muassasalarda ta'lim olayotgan bolalarning 75 foizini tashkil etgan. Baholarga ko‘ra, taxminan 9700 ta nogironligi bo‘lgan bolalar maktab tizimi bilan qamrab olinmagan.

Nogironligi bo’lgan bolalar huquqlariga oid mavzular muhokamasini faollashtirish, jamoatchilikni stigma va diskriminasiyaning barcha ko‘rinishlariga barham berishga chorlash maqsadida UNICEF va ZAMIN xalqaro jamoatchilik fondi “To’siqlar” kampaniyasini o’tkazmoqda. Kecha kampaniya taqdimoti Xorazmda bo’lib o’tdi.
278 views19:07
Ochish/sharhlash
2022-12-14 22:02:57
Илмий иш қандай ёзилиши ёки бўлиши керак? Унинг натижаси-чи?

Ўзбекистонда фалсафа доктори, фан доктори илмий даражасини олиш учун ёзиладиган диссертацияга ўндан ортиқ талаб қўйилган. Синчиклаб ўқилса, ҳаммаси айни муддао — пухта ўйланган, бари рисоладагидек...

Лекин амалда-чи? Ҳамма ҳам талаб-қоидага риоя қиляптими? Ëзилаётган илмий ишлар қанчалик сифатли? Ўзбек илм-фани учун нечоғлик янгилик бўлмоқда? Йилдан йилга тадқиқотчи, изланувчилар сони ошяптию, нега натижаси билинмайди? «Газета.uz» мутахассислардан муаммо нимада эканлиги ва илмий иш аслида қандай ёзилиши ҳақида сўради.

https://www.gazeta.uz/uz/2022/12/13/scientific-work/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Каналга обуна бўлинг
@gazetauz_uzb
281 views19:02
Ochish/sharhlash