Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent shahrida Westminstr Universitet yonida Laziz Adhamov | Ulugbek Gafurov Channel

Toshkent shahrida Westminstr Universitet yonida Laziz Adhamov (facebook.com/lazizaka) tomonida Book Cafe, talabalar uchun ham coffee ham kitob mutoalasi uchun ajoyib sharoit yaratilgan edi. 2012 yildan buyon shu manzilda yurtimizning eng omadli muvaffaqiyatli tadbirkorlari o'qigan kitoblaridagi foydali ma'lumot bilan bo'lishib kelishar edi. Men bu biznes klub haqida Stomaservice raxbari Ulugbek Kholmatovdan eshitgan edim. 2015 yildan buyon shu klub a'zosi bo'lishga, omadli tadbirkorlar safida bo'lishga astoidil intildim. Shu Ramazon oyida klub a'zolari e'lon qo'yishdi, klub boshqaruviga hodim izlashayotgan ekan. Rezyume to'ldirib ko'rgan edim. Suhbatga chaqirishti va juda oz muddatdan keyin ishga qabul qilinganimni aytishda.
Shu oydan beri klubning tashkiliy ishlarida astoidil mexnat qilyapman.
Bu ishlarda menga katta yordam berayotgan Otabek Shavkatovga alohida raxmat aytaman. Biz zo'r jamoa bo'ldik.