Get Mystery Box with random crypto!

365 kun ichida nima qildim(ing) ? Chamasi bir yilcha avval exe | Ulug'bek Xatamjonov | Blog

365 kun ichida nima qildim(ing) ?
Chamasi bir yilcha avval exelda bir ro'yhat yaratib unda 2022-yilda qilmoqchi bo'lgan ishlarimni va maqsadlarimni tuzgandim. Kecha uni ochib bir yil davomida qilgan ishlarimni sarhisob qildim, ro'yhatdagi ishlarni belgilab chiqdim. 30% . Ro'yhatdagilarning 30% gina bo'ldi.
Lekin reja qilmagan juda ko'p ishlarni bajaribman, ko'p narsa o'rganibman, ko'plab yaxshi insonlar bilan tanishib ulardan anchagina yaxshi ishlar o'rganibman.
Inson sifatida ham, dasturchi sifatida ham ancha o'sganimni sezdim(balki tashqaridan sezilmas ).
Hullas o'tgan 365 kunimdan ko'nglim to'ldi, vaqtim va umrim behuda o'tmadi.

Sizchi, siz o'tgan bir yil davomida nimalar qildingiz, nimaga erishdingiz, nimalarni yo'qotdingiz ? O'zingizga savol bering. Va o'tgan vaqtingizdan hulosa chiqarib kelayotgan 1 yil uchun o'z maqsadingini belgilang.

Hozir esa o'tgan yil erishgan eng yaxshi 3 ta ishingizni va bajarilmay qolib ketdan 3 ta rejangizni izohda qoldiring, uyalmang, o'zim boshlab beraman , qani ketdik...

Ha aytgancha, nasib qilsa 1 yildan keyin yana shu mavzuni birgalikda ko'rib chiqamiz

@Ulugbek_Xatamjonov