Get Mystery Box with random crypto!

Kun tartibi Kun tartibingizni tuzishni reja qilasiz, ko‘p vaq | Ulug'bek Valiev | Blog

Kun tartibi

Kun tartibingizni tuzishni reja qilasiz, ko‘p vaqt sarflab rejani tuzdingiz ham deylik, unga necha kun amal qila olasiz?

Odatda bu uzog‘i bilan bir hafta davom etadi, keyin yana avvalgidek yashashda davom etasiz, chunki rejaga siz qila oladigan narsalardan ko‘ra ko‘proq istak-xohishlaringizni yozasiz.

Bilaman bu dasturchilar uchun ancha muammoli masala, lekin rivojlanish uchun vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, undan unumli foydalanish talab etiladi.

Kun tartibini tuzish uchun qandaydir formulalar kerak emas, shunchaki 1 hafta davomida nima ish qilayotganingizni yozib boring.

Keyin 1 haftalik kun tartibingizni ko‘rib chiqib uni takomillashtirishingiz mumkin, shunda osonroq bo‘ladi.

Vaqtni daqiqasigacha belgilamang, har xil vaziyat bo‘lishi mumkin, agar rejangizni belgilangan vaqtda bajara olmasangiz yana tushkunlikka tushishingiz aniq.

Tepada aytilgan ishni bajarish uchun dushanbani yoki yangi yilni kutish shart emas, ertadan boshlang

@ulugbek_valiev