Get Mystery Box with random crypto!

Free, Freemium va Freeware Free (Bepul), Freemium va Freeware | UltraSoftUz | Dasturlar

Free, Freemium va Freeware

Free (Bepul), Freemium va Freeware - bularning hammasi pul toʻlanmaydigan xizmatlar yoki ilovalar uchun ishlatilinadigan atamalardir. Ammo, ular orasidan baʼzi farqlar mavjud:

Free (Bepul)
Bunda ilovalar yoki xizmatlar hech qanday shartlarsiz bepul taqdim etiladi. Bepul dasturlar koʻpincha ochiq kodli boʻladi. Yaʻni foydalanuvchilar manba kodiga kirishlari va uni oʻzgartirishlari mumkin. Bepul ilovalarga misol sifatida LIbreOffice, GIMP va Firefoxʼni koʻrsatish mumkin.

Freemium
Bunda xizmatlar yoki ilovalarning xususiyatlari cheklangan holda bepul taqdim etiladi. Qoʻshimcha xususiyatlarga ega boʻlish uchun esa pul toʻlash kerak boʻladi. Ularda bepul versiya koʻpincha mijozlarni pullik versiyaga jalb qilish vositasi boʻlib xizmat qiladi. Canva, Dropbox va Evernoteʼlarni freemium ilovalarga misol qilib keltirish mumkin.

Freeware
Bunda ilova bepul taqdim etiladi, ammo muallif tomonidan uning ishlatilishiga baʼzi cheklovlar qoʻyilgan boʻlishi mumkin, masalan, sotishni taqiqlash yoki foydalanishda ishlab chiqaruvchini koʻrsatish kabi. Freeware ilovalarga CCleaner, WinZip va AdobeReader misol boʻla oladi.

P.S: Yuqoridagilarning orasida shaxsan menga Freemium ilovalar yoqadi. Chunki, ular ko'pincha yuqori sifatli bo'ladi. Masalan, WPS Office (Freemium) dasturi va OpenOffice (Bepul) ilovasi sifati o'rtasida katta farq bor.

Manba: @freemium_apps

@UltraSoft_uz — IT dasturlar!