Get Mystery Box with random crypto!

2021/2022-O‘QUV YILIDA UZRLI SABABLARGA KO‘RA O‘QISHINI KO‘CHI | ★彡 𝐔𝐥𝐭𝐫𝐚 𝐊𝐢𝐦𝐲𝐨 彡★

2021/2022-O‘QUV YILIDA UZRLI SABABLARGA KO‘RA O‘QISHINI KO‘CHIRISH ISTAGIDA BO‘LGAN FUQAROLAR DIQQATIGA!

Bahorgi semestrda uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlari 2022-yilning 20-yanvar kuniga qadar (shu kuni ham) soat 9:00 dan 17:00 gacha (yakshanba va bayram munosabati bilan belgilangan sanalar – dam olish kuni; shanba - soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat ko‘rsatadi.
Qayd etilgan nizomga muvofiq fuqarolar bahorgi semestrda quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra hududiy ishchi guruhlariga ariza topshirishlari mumkin.

2021/2022-oʻquv yili mobaynida:

respublikaning bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan (doimiy ro‘yxatdan o‘tgan) hududga ko‘chib o‘tganda;

turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda;

ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.
2-semestrdan oqishini kochirmoqchilarga