Get Mystery Box with random crypto!

Menga yiringli husnbuzarlar ko'p chiqmoqda, bir marta ularni s | Ugrilardan qutulish

Menga yiringli husnbuzarlar ko'p chiqmoqda, bir marta ularni siqib yiringini chiqarib tashladim. Lekin opam menga bunaqa qilish xato ekanligini aytyapdi, husnbuzarlarni siqish mumkin emasmi?

Javob: Yo'q, mutlaqo mumkin emas! Sababini oldin ham qisqacha manabu yerda tushuntirganman. Keling, tushunarli bo'lishi uchun yana bir oz qo'shimcha qilsam.
Husnbuzar teri ostidagi yog', bakteriya va yallig'lanishni o'z ichiga olgan kichik sumkaga o'xshaydi. Uni siqish natijasida ushbu tarkib atrofdagi teriga tarqalib, muammoni yanada kuchaytiradi. Shuningdek u ushbu hududdagi infeksiya va terining vaqtincha qorayishini keltirib chiqarishi mumkin. Buning ustiga yallig'lanish shunchalik yomonlashishi mumkin-ki, undan doimiy chandiqlar qoladi. Agar siz sabr qilib, istagingizga qarshi tursangiz, u bir hafta yoki undan ko'proq vaqt davomida yara yoki izlarsiz yo'qoladi. Ammo juda ham tez muddatda yo'q qilish zarur bo'lganida kosmetolog huzuriga borib ba'zi muolajalar, misol uchun mezaukol olishingiz va husnbuzarni quritadigan niqoblar qabul qilishingiz mumkin, lekin aslo siqa ko'rmang! Tibbiy jihatdan isbotlangan yana bir dalil, siqish sizning miya faoliyatingizga o'ta jiddiy yomon ta'sir o'tqazishi mumkin, o'simta yoki rakga o'xshagan. Maslahatim shuki, nafaqat siqish, balki qo'lingizni umuman yuz teringizga tekqizmang, har qanday holatda ham. Telefonda gaplashganingizda ham ekranni yuzingizdan uzoqroq tuting, chunki bular orqali yuzingizga mikrob va bakteriyalar ko'p miqdorda o'tib, muammoni jiddiylashtirishi mumkin. Shu jumladan yostiqdan foydalanishda ham xushyor bo'ling, har 3kunda g'iloflarini yuvib yoki almashtirib turing, iloji bo'lsa bozordan ''anti-allergichniy'' yostiqlardan sotib oling. Doim yuzingizga g'amxo'r bo'ling!

@ugrilardan_qutulish