Get Mystery Box with random crypto!

Boks murabbiyi Teddi Atlas UFC'dagi eng yaxshi zarbachilar haq | UFC | MMA | BOKS 🇺🇿

Boks murabbiyi Teddi Atlas UFC'dagi eng yaxshi zarbachilar haqida gapirib o'tdi:

«Adesanya juda yaxshi stoykaga ega va yaxshi zarba beradi. Men Maks Xollueyni ham ajoyib zarbachi deb o'ylayman. Bilaman, Volkanovski unga stoykada hech qanday imkoniyat qoldirmadi, lekin men uchun u haligacha juda yaxshi zarba texnikasiga ega jangchi.

Menimcha, Aldo ham stoykada juda yaxshi, u Holluey va Volkanovskiga qiyinchikik tug'dirgan edi. Jon Jons ham stoykada juda zo'r. Uning o'z tajribasi bor. U boshqa darajada. Jons turli elementlarni birlashtiradi va bu alohida iste'dodni talab qiladi!»