Get Mystery Box with random crypto!

Leon Edvardsga Kamaru Usmon bilan jangdan voz kechishi uchun “ | UFCBOXUZ

Leon Edvardsga Kamaru Usmon bilan jangdan voz kechishi uchun “katta soqqa” taklif qilindi

UFC rahbariyati Kamaru Usmonga navbatdagi raqib bo‘lishi kutilayotgan Leon Edvardsga ushbu jangdan voz kechishi uchun katta pul taklif qildi, deya xabar berdi UFC sobiq jangchisi Cheyl Sonnen.

Promoushen Kamaru Usmonning navbatdagi raqibi Konor Makgregor bo‘lishini xohlayotgani aytilmoqda. UFC buning uchun Leon Edvardsga gonorar bilan birga Kamaru Usmonni mag‘lub etgan taqdirda oladigan bonusni ham berishga tayyorligini bildirgan.

Hozircha Edvards tomoni bunga qanday reaksiya bildirgani noma’lum.

@UFCBOXUZ