Get Mystery Box with random crypto!

Ushbu jang, jin ursin bu jang emas axir Xullas, bu voqea 2018 | UFCBOXUZ

Ushbu jang, jin ursin bu jang emas axir

Xullas, bu voqea 2018-yil 25-avgustda bo‘lib o‘tgan. Ringni tark etgan yigit — amerikalik Kyortis Harper (14-11, 9 KO) bo‘ladi. U nigeriyalik Efe Ajagbaga (19-1, 14 KO) qarshi jangga start berilganda ringdan “qochib qoladi”.

Rasmiylar Harperni diskvalifikatsiya qilib, Ajagbaga boks tarixidagi “eng tezkor g‘alaba”ni yozib qo‘yishadi.

Ma’lum bo‘lishicha, Harper janglar uchun o‘ziga kam gonorar berilayotganidan norozi bo‘lib, o‘ziga xos “aksiya” uyushtirgan.

To‘g‘ri-da, umidli, kelajagi bor bokschilarga chiqib, “meshok” bo‘lib berishning ham o‘z narxi bor. Bo‘lgandaki, kaltak yeb, yiqilib bergani uchun ko‘proq to‘lashlari kerak.

Bu orada Efe Ajagbaning menejeri shunday bayonot bergandi: “Harper Efening birgina nigohidan qo‘rqib ketib, jang qilishdan bosh tortdi”.

Menejerning gapiga ishonamiz-a, axir u ham odam)

Aytgancha, Harper o‘zimizning Bahodir Jalolovdan 4-raundda nokaut qabul qilib olgan.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC