Get Mystery Box with random crypto!

Boks|MMA|UFC

Telegram kanalining logotibi ufcboxing_uz — Boks|MMA|UFC B
Telegram kanalining logotibi ufcboxing_uz — Boks|MMA|UFC
Kanal manzili: @ufcboxing_uz
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 51.70K
Kanalning ta’rifi

Zo‘ri bo‘lishga emas, sifatlisi bo‘lishga harakat qilamiz. Murojaat: @Aloqachi11bot
©Shaxsiy blog

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2024-04-14 18:57:19
IBA Champions Night. Mo‘ydinxo‘jayev, Zokirov, Xoldorov, Tursunov, Abdullayev g‘alaba qozondi

Toshkentdagi Humo Arena’da IBA’ning Champions Night boks kechasi bo‘lib o‘tmoqda.

Asosiy jangdan boshqa o‘zbekistonliklar ishtirokidagi barcha janglar yakuniga yetdi.

Natijalar:

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev 8 raundlik jangda ochkolar evaziga turkiyalik Fotih Kelesni mag‘lub etdi;

Jahongir Zokirov 6 raundlik jangda xorvatiyalik Smaki Agronni yutdi;

Elnur Abduraimov 6 raundlik jangda meksikalik Karlos Ornelosni yutdi;

Mujibullo Tursunov 6 raundlik jangda tanzaniyalik Juma Chokini mag‘lub etdi;

Iqboljon Xoldorov 6 raundlik jangda qozog‘istonlik Rahmonqul Sag‘adatni yutdi;

A’loxon Abdullayev 6 raundlik jangning 5-raundida mo‘g‘ulistonlik Jargal Otgonjargalni nokautga uchratdi;

Boks|MMA|UFC
33.6K views15:57
Ochish/sharhlash
2024-04-14 10:39:26
Aleks Volkanovskining Hollouey Getjini nokaut qilgandagi vaziyatga reaksiyasi

Boks|MMA|UFC
40.7K views07:39
Ochish/sharhlash
2024-04-14 09:33:15
Holloueyga 600 ming dollar bonus. UFC 300 ning bonus sohiblari ma’lum bo‘ldi

Kechaning eng yaxshi jangi: Getji—Hollouey

Kechaning eng yaxshi ishtiroki: Maks Hollouey, Irji Prohazka

Hollouey 600 ming dollar, Prohazka va Getji esa 300 ming dollar bonusga ega chiqdi.

UFC prezidenti Dana Uayt turnirda yorqin jang qilgan Figeredo, Moykano va Lopes ham uyiga xursand holda ketishini ma’lum qildi.

UFC

Boks|MMA|UFC
41.0K views06:33
Ochish/sharhlash
2024-04-13 18:59:25 50 ming dollar emas, 300 ming dollar bonus! Hammasi UFC 300 yubiley turniri uchun. Dana Uayt shov-shuvli janglar bilan hayratlantirmagan bo‘lsa ham, katta miqdordagi bonus bilan jangchilarni xursand qildi. UFC 300 da sportchilar kechaning eng yaxshi jangi…
16.7K views15:59
Ochish/sharhlash
2024-04-13 18:49:55
Habib: “Oldinda juda ko‘p ishlar kutib turibdi”

Nurmagomedov Islom Maxachevning jang qilish sanasi aniqligini va tez orada raqib nomi ham e’lon qilinishini aytdi. Katta ehtimol bilan UFC 300 turniri vaqtida Maxachevning navbatdagi himoya jangi e’lon qilinadi.

Boks|MMA|UFC
16.8K views15:49
Ochish/sharhlash
2024-04-13 18:46:43
Aleks Pereyraga ertaga Jamal Hillga qarshi jangda shundoq ham oson bo‘lmasdi, ammo endi battar qiyin bo‘lishi ham aniq

Nega? Chunki janob reper Drake Pereyraning g‘alabasi uchun naq 675 ming dollar garov tikib qo‘yibdi.

Siz esa reper Drake’ning taxminlari doim teskarisi bo‘lishidan xabardorsiz albatta. Aytgancha, bu reperning qaysidir bukmeker bilan shartnomasi bor. Aslida bu ham shuning piari.

Garov tikmang, haromdan saqlaning. Va hayotingizni barbod qilmang. Agar shu yo‘lda bo‘lsangiz, tavba qiling.

Boks|MMA|UFC
17.0K views15:46
Ochish/sharhlash
2024-04-13 18:42:06
Aleks Pereyra allaqachon og‘ir vaznda jang qilish uchun yetarli vaznni to‘plab bo‘ldi — 105,3 kg

U kecha 92,98 kg vazn bilan yarimog‘ir vazn toifasi me’yorini bajargandi.

Boks|MMA|UFC
16.0K views15:42
Ochish/sharhlash
2024-04-13 18:00:23
UFC 300 translyatsiyasi va vaqti haqida

Yubiley turnir 14-aprel erta tong 03:00 da boshlanadi. Asosiy kard janglari esa 07:00 da start oladi.

O‘zbek telekanallari odatga ko‘ra bu turnirni ham jonli efirda ham, yozib olib ham namoyish etmaydi. Sababi oddiy — translyatsiyani sotib olishmagan.

UFC 300 ni ortiqcha asabbuzarliklarsiz, internet qotib qolishlarisiz Setanta Sports va Match TV (Boets) telekanallari orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.

O‘zingizni va asablaringizni asrang, do‘stlar!

Boks|MMA|UFC
19.5K views15:00
Ochish/sharhlash
2024-04-13 17:50:00
So'ngi 10 yillikning eng dahshatli janglarini ko'rishga tayyormisiz
UFCning yubiley 300-kechasiga marhamat


13 ta sobiq va amaldagi chempion bir kechada jang qiladi, bunaqasi tarixda bo'lmagan

Eng muhimi esa O'zbek tilidagi sharh va efirni MMauz kanali sizga turnir boshidan oxirigacha namoyish qilishadi

Hoziroq kanalimizga obuna bo'ling
https://t.me/+d_94opm5BoozYjky
https://t.me/+d_94opm5BoozYjky
18.6K views14:50
Ochish/sharhlash
2024-04-13 12:45:54
UFC Abu Dabiga qaytadi

UFC 308 26-oktabrda BAAning Abu Dabi shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu turnida ham asosiy jangda Islom Maxachev ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, rossiyalik qator jangchilar oktagonga ko‘tarilishi reja qilingan.

Boks|MMA|UFC
22.7K views09:45
Ochish/sharhlash