Bolani uxlatish sirlariBola qanchalik charchagan bo'lmasin, uxlatishga ko'pincha qarshilik ko'rsatadi. Ota-ona bolani uxlatishda asosan quyidagi xatoga yo'l qo'yadi: Bolani juda kech uxlatish.Ba'zi ota-onalarning bolani
o'z vaqtida uxlatishga vaqti bo'lmaydi, ba'zida maktab yoshidagi bolalarning dars va to'garaklar tufayli o'ynashga vaqti qolmay kechqurun o'ynavolib tunga yaqin yotishga odatlanadi. Yana bir turdagi ota-onalar bola
ko'proq charchasa yaxshi uxlaydi deb, bolani juda
kech uxlatishni afzal ko'radilar.
Natijada bola uyquga to'ymaydi, uyquga to'ymaslik esa bolaning
sog'lom o'sib rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Yechim: bolani har kuni
bir vaqtda, ertaroq uxlatishni odat qilib oling. Erta uxlagan bola, erta uyg'onib kun mobaynida tetik bo'ladi va asabiylashmaydi. Har kuni bir vaqtda yotishga o'rgangan bola
organizmi ham borib-borib
aynan shu vaqtda uyquga ketishga odatlanadi.
@Uddaburon_bekalar