Get Mystery Box with random crypto!

Baxt cheksiz! Baxt – hech qayerdan qidirilmaydi. Sizning qays | Yordamchi kanal

Baxt cheksiz!

Baxt – hech qayerdan qidirilmaydi.
Sizning qaysidir orzungizni ushalishi, sizni baxtli inson qila olmaydi. Doim umid bilan kutib yashash, yaxshi ish, chin do‘stlar, koshona uy bularning hech biri sizga baxt yaratib berolmaydi. Bu faqat yolg‘on o‘y-xayollar.

Agar siz hozir shu yerda, shu ishda, shu uyda, shu shaharda baxtni his qila olmaguningizcha, siz umid bilan kutib, yashayotgan vaqt kelganda ham baxtli inson bo‘la olmaysiz.

Shunday ekan kutib, umid bilan yashashni to‘xtating, hozirgi holatda, yonizdagi insonlar bilan, shu holatingiz bilan baxtni his eting.

Baxt – sizning ichingizda, shunday ekan hoziroq ichingizdagi baxtni toping va baxtli bo‘ling.

@Uddaburon_bekalar