Get Mystery Box with random crypto!

Ozodlik radiosi! Yaqinda boʻlib oʻtgan Qoraqalpogʻiston voqe | Uchqunbek IMHO

Ozodlik radiosi!

Yaqinda boʻlib oʻtgan Qoraqalpogʻiston voqealarini asosiy yoritib boruvchisi bu - Ozodlik radio'sidir. Aslida asl maqsadi shaffoflikni taʼminlash boʻlgan radio, faqatgina xoinlik qilmoqda. Eng oxirgi chiqqan videosida tartibsizlik va tinch namoyishni farqiga bormay ozgina sabr qilinsa namoyish oʻzidan oʻzi toʻxtashi aytildi. Ekspert bilan suhbat davomida Mitingchilar 50 nafar Harbiy Xizmatchilarni yechintirib, qurol-yarogʻi tortib olingani, Toshkent nomerli (01) mashina, yuk mashinalarni esa yoqib yuborishganini umuman eslashmadi.

Xattoki Yevropa Ozodlik Radiosi ham ushbu voqealarni eslab oʻtmadi. Faqatgina Milliy Gvardiyaning harakati, oʻq va bombalar ovozi, "qonli" videolarini koʻrsatib oʻtdi.

P.S. Ozodlik radiosi radio emas. Youtube kanal.