Get Mystery Box with random crypto!

Odam alahissalomning farzandlariga 'BЕSHTA VASIYATI' keltirilg | UCHKUPRIKNEWS

Odam alahissalomning farzandlariga "BЕSHTA VASIYATI" keltirilgan. Agar diqqat qilsak

BIRINCHISI: «Bolalaringga aytgin, hech qachon dunyo bilan xotirjam, oromli bo‘lib qolmasin. Chunki men abadiy jannat bilan xotirjam bo‘lib qoldim. Yaratgan mendan rozi bo‘lmadi va jannatdan chiqardi».

IKKINCHISI: «Xotinlaringizning havosiga amal qilmangizlar. Men hotinimning havosiga amal qilib, man’ qilingan daraxtning mevasidan yedim va pushaymon bo‘ldim».

UCHINCHISI: «Qaysi amalni qilsangiz, oqibatini o‘ylang. Agar, men qilayotgan ishimning oqibatiga qaraganimda, menga yetgan bunday tushkunlikka tushmas edim».

TO‘RTINCHISI: «Agar qalblaringiz biror narsa bilan iztirob cheksa, undan saqlaningizlar. Men daraxt mevasidan yeyayotgan vaqtimda qalbim iztirob chekdi. Lekin men undan qaytmadim va pushaymonga qoldim».

BЕSHINCHISI: «Ishlaringizda maslaxatlashingizlar. Agar men maloikalar bilan maslahatlashganimda (menga yetgan) bunday qiyin ahvolga tushib qolmas edim».