Get Mystery Box with random crypto!

Shunday qilib, “Neon va Red”, O’zbekistonda birinchi komiks b | 🚀 Uchadi Uxladi 😴

Shunday qilib, “Neon va Red”, O’zbekistonda birinchi komiks bo'lgani va yurmaganining asosiy sababi bu bozorning yo'qligi emas, balki bizda bu sohada yetakchi darajada mutaxassislar yo'qligi.

Misol uchun AQSHda bir komiks sonini bitta rassom, muallif va bo'yuvchi (colorist) hamda line art mutaxasis bir oyda topshirishadi. Bizda esa bitta sonini tugatishga bir yilga yaqin vaqt ketdi

Va bu fakt odamni shokga tushurdi. WARNING! Har bitta yangi proyektni, ayniqsa bozor ko’rmagan innovatsiya bo’lsa, avval uni kichik ko’rinishda qilib ko’rish kerak (MVP). Shuni qilmaganimiz bizning xatoyimiz bo’ldi.

Hozir sizlarda buni o’qib, bo’lishi mumkin emas, bitta bet komiks chizishga ham bir yil ketishi mumkinmi? deb mantiqiy savol tug'iladi. Ha xuddi shunday, chunki biz komiks sifatini chet eldagi analoglar kabi a’lo darajada bajarishni maqsad qilgan edik. Sifati zo’r bo’ldi lekin)) ammo bu g'oyani biznesga aylantirishning imkoni bo’lmas ekan